Nima uchun Duc Anh EduConnect ni tanlaysiz
1. Xorijda o‘qish uchun hujjatlarni o’zingiz topshirishingiz kerakmi?
Chet elda tahsil olish uchun kerak bo’lgan hujjatlarni mustaqil ravishda, o’zingiz tayyorlash haqida o‘ylab ko‘rgan bo‘lishingiz mumkin. Agar sizda yetarlicha bilim, tajriba va o‘zingizga bo’lgan ishonch bo‘lsa, bu to‘g‘ri yo‘l va barcha jarayonlarni o‘z mehnatingiz bilan amalga oshirish qiziqarli hamda o‘ziga xos rag‘batlarga boy sayohat bo‘lishi mumkin.
Lekin, hujjatlarni mustaqil topshirish bilan bog‘liq qaroringiz quyidagi taxminlardan biriga asoslangan bo‘lsa, sizni ushbu qaroringizni yana bir bor mushohada qilishinga chorlaymiz.
a. “Universitet va immigratsiya idoralari allaqachon yetarli ko‘rsatmalarni ulashgan bo‘lsa, nima uchun agent xizmatidan foydalanishim kerak?”
Aslida, har bir ariza beruvchining umumiy holati bir-biridan farqlidir. Sizning akademik ko‘rsatkichlaringiz, moliyaviy imkoniyatlaringiz, ko‘nikmalaringiz va shaxsiy imkoniyatlaringiz boshqalarnikidan tubdan farq qiladi. Universitetlar va immigratsiya tashkilotlarining rasmiy saytlarida esa faqat umumiy yo‘riqnomalar beriladi. O‘z navbatida, bu yo‘riqnomalar sizning ayni paytdagi to‘liq mos kelmasligi mumkin.
Shu sababli, agar siz butun jarayonni ipidan-ignasigacha yetarli tushunmasangiz, uni mustaqil amalga oshirish ma’lum tavakkalchilik xavflarini paydo qilishi mumkin. Tajribali ta’lim maslahatchisi bilan ishlash esa muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlaringizni sezilarli darajada oshiradi shubhasiz.
b. “Nega agentga haq to‘lashim kerak?”
Aslida:
- Agar ta’lim tashkilotlari agentlarga hujjatlarni topshirish bo‘yicha ko‘mak uchun komissiya to‘lasalar, konsalting kompaniyalari ko‘pincha talabalardan xizmat haqi olishmaydi.Agar ta’lim muassasasi bunday komissiyani to‘lamasa, agentliklar talabalardan xizmat haqi undirishlari mumkin. Ushbu to‘lov o z ichiga ma’muriy xarajatlar va professional xizmat ko’rsatish haqlarini oladi. To‘lov miqdori esa talaba foydalanishni tanlagan xizmatlar ro‘yxatiga qarab belgilanadi.
- Konsalting agentliklari tomonidan ayrim hollarda xizmat haqi olinadi va bu ularning faoliyat yuritishining tabiiy bir qismidir. Xuddi shifokorlar, psixologlar, yuristlar yoki boshqa professional xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar kabi, ta’lim agentliklari ham o‘z bilimlari, tajribalari va maslahatlari orqali muhim hayotiy qaror qabul qilayotgan talabalarga yordam beradi. Ushbu to‘lovlar barcha mijozlarga sifatli va ishonchli xizmat ko‘rsatishni davom ettirish imkonini yaratadi.
Bu shuni anglatadiki, ishonchli agentliklar har doim xizmat narxlari bo‘yicha ochiq va shaffof siyosat yuritadilar. Ular barcha xarajatlarni xizmat ko‘rsatish shartnomasida aniq ko‘rsatadilar va talabalar hamda ota-onalarga aynan nima uchun to‘lov qilayotganliklarini batafsil tushuntiradilar. Yashirin to‘lovlar yoki kutilmagan xarajatlar paydo bo‘lmaydi; faqat mukammallik hamda nazoratga asoslangan professional xizmat ko‘rsatiladi.
c. “Fikrimcha, buni o‘zim yaxshiroq uddalayman.”
Agar sizda yetarli bilim, tajriba, vaqt va har bir bosqichni mutlaqo to‘g‘ri bajarish uchun sabr-toqat mavjud bo‘lsa, shunhasiz, buni amalga oshirish qo ‘lingizdan keladi. Ammo kichik bir xatolik yoki e’tibordan chetda qolgan oddiy bir detal ham jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin: noto‘g‘ri ma’lumotlar, yetishmayotgan hujjatlar, ma’lumotlar o‘rtasidagi nomutanosibliklar yoki talablarni noto‘g‘ri tushunish kabi holatlar nafaqat joriy arizangizga, balki kelajakdagi viza murojaatlaringizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi hech gap emas.
Shuni ham unutmaslik kerakki, elchixonalar o’zida barcha avvalgi yuborilgan murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlarni saqlaydi. Sizdan oldinroq boshqa davlatlarga viza uchun murojaat qilgan yoki qilmaganligingiz shuningdek, vizangiz rad etilgan yoki etilmaganligi haqida ma’lumot berish talab qilinadi. Hatto bu haqida ma’lumot ulashmagan taqdiringizda ham, viza rasmiylarida ko‘plab davlatlar o‘rtasida rad etilgan arizalar bo‘yicha ma’lumot almashinuv tizimi mavjudligi sababli ushbu ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.
Garchi mustaqil murojaat qilish imkoni mavjud bo‘lsa-da, yo‘l qo‘yilgan xatolar keyingi murojaatlarni ancha murakkablashtirishi mumkin.
d. “Buni o‘zim qilsam, arzonroq tushadi.”
Aslida, agent orqali murojaat qilasizmi yoki mustaqil ravishda hujjat topshirasizmi - kontrakt (o‘qish) to‘lovi summasi bir xil bo‘lib qolaveradi. Buni har doim ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida ko‘rish mumkin. Universitetlar va kollejlar agentlarga to’laydigan to‘lovni talabalar kontrakt narxini oshirish hisobidan emas, o‘z marketing byudjetlari hisobidan amalga oshiradilar.
Agar siz yetarli tajribalarsiz mustaqil murojaat qilsangiz, hujjatlarni noto‘g‘ri tayyorlash, belgilangan muddatlarni o‘tkazib yuborish, hujjatlarni qayta topshirishga majbur bo‘lish yoki o‘qishni boshlash muddatining kechikishi kabi holatlarga duch kelishingiz mumkin. Bu kabi muammolar ko‘pincha ortiqchga vaqt, kuch va ayrim hollarda qo‘shimcha mablag‘ talab qiladi.
Agentlar esa qaydan turdagi hujjatlar talab qilinishi, ularni qanday tayyorlash kerakligi va qayerga topshirish kerakligini yaxshi bilishadi. Ularning tajribasi arizangizning to‘g‘ri, samarali va ortiqcha kechikishlarsiz ko‘rib chiqilishiga yordam beradi.
e. “Agar agentlar firibgar bo‘lsa-chi?”
Afsuski, bunday holatlar ham uchrab turadi. Har qanday sohada bo‘lgani kabi, ta’lim xizmatlari sohasida ham malakasiz yoki ishonchsiz agentliklarga duch kelish mumkin. Shuning uchun, konsalting agentligini tanlashda ehtiyotkorlik juda muhim hisoblanadi.
Ishonchli va professional ta’lim agentligida har doim quyidagilar mavjud bo’lishi kerak:
- Vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan, amaldagi faoliyat turini ro‘yxatidan o‘tkazganlik to’g’risida guvohnoma;
- Ta’lim sohasida maslahat xizmatlarini ko‘rsatish uchun rasmiy litsenziya;
- Vakolatli organlar tomonidan malaka oshirilgan, rasmiy sertifikatga ega chet elda ta’lim bo‘yicha maslahatchilar;
- Hamkor ta’lim muassasalari ro‘yxati hamda hamkorlikni tasdiqlovchi sertifikatlar yoki shartnomalar va memorandumlar;
- Mavjud ofis manzili, professional veb-sayt, faol ijtimoiy tarmoq sahifalari va tasdiqlangan aloqa ma’lumotlari;
- Kompaniya rahbari haqida ochiq ma’lumotlar mavjud bo‘lgan shaffof korporativ profil; muvaffaqiyatli yakunlangan ishlar va tekshirish mumkin bo‘lgan mijozlar bazasi.
Professional agentliklar sobiq mijozlarining aloqa ma’lumotlarini ularning roziligisiz oshkor qilmaydi. Potensial mijoz bilan bog‘lashdan oldin ular sobiq mijozning ruxsatini oladilar. Bu maxfiylik siyosatiga hurmatning muhim ko‘rsatkichidir.
f. Rad qilingan arizalar, rad qilingan grantlar yoki rad qilingan viza, o‘qish muddatining ortga surilishi - bunga ko‘pincha mustaqil topshirilgan arizalar sabab bo‘ladi.
Bu kabi holatlar ko‘pchilik o‘ylagandan ham ko‘proq uchrab turadi. Asosiy sabablar esa noto‘g‘ri ma’lumot kiritish, hujjatlarning yetishmasligi yoki keraksiz hujjatlar yuklanishi, talablarni noto‘g‘ri tushunish va belgilangan muddatlarni o‘tkazib yuborishdir. Avvalroq ta’kidlanganidek, bir marta rad javobi olinganidan so‘ng vaziyatni keyinchalik tuzatish juda murakkablashadi. Chunki ushbu ma’lumotlar rasmiy tizimlarda saqlanib qoladi.
g. Ariza topshiruvchilarning necha foizi agentlar xizmatidan foydalanishadi?
Talabalarning katta qismi agentlar xizmatidan foydalanadi va buning bir qator asosli sabablari mavjud:
- Ko‘plab ta’lim muassasalari, ayniqsa Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlarda, talabalarni konsalting idoralari orqali qabul qilishni afzal ko‘radilar yoki tavsiya qiladilar. Konsalting idoralari ta’lim muassasalarining rasmiy vakillari hisoblanib, dasturlar, qabul talablari va immigratsiya qoidalari bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo’ladilar. Agentlar talabalarni dastlabki saralashdan o‘tkazadilar, universitetlar va viza organlari bilan hamkorlik qiladilar hamda talabalarga o‘qish jarayonining barcha bosqichlarida yordam beradilar.
- Professional agentlarning yuqori natijalari va muvaffaqiyatli tajribasi tufayli ular haqida ijobiy tavsiyalar keng tarqaladi va yangi talabalarning ishonchini qozonadi.
- Ko‘plab talabalar, ayniqsa ingliz tilini yetarli darajada bilmaydigan yoki hujjat topshirish jarayoni bilan tanish bo‘lmaganlar, mustaqil murojaat qilishda o‘zlarini noqulay his qiladilar. Agent bilan ishlash ularga ishonch va xotirjamlik beradi.
- Ota-onalar professionallarning ahamiyatini yaxshi tushunadilar. Hech kim barcha sohalarning mukammal mutaxassisi bo‘la olmaydi. Mutaxassislar xizmatidan foydalanish vaqtni tejaydi, stressni kamaytiradi va qimmatga tushadigan xatolarning oldini oladi.
Xulosa qilib aytganda, tajribali va malakali ta’lim agenti bilan hamkorlik qilish sizning o‘qishga qabul qilinishingiz, stipendiyani qo’lga kiritish, viza olish va chet elda ta’lim olish jarayonining barcha bosqichlarida muvaffaqiyatga erishish imkoniyatingizni sezilarli darajada oshiradi.
2. Nima uchun konsalting agentligi sifatida aynan “Duc Anh EduConnect”ni tanlashingiz kerak
26 yildan ortiq vaqt davomida Duc Anh EduConnect 16 mamlakat bo‘ylab o‘n minglab talabgorlarga o‘qishga kirish, stipendiyalar egasiga aylanish va talabalik vizalarini qo‘lga kiritishda yordam berib kelmoqda. 2000-yildan buyon o‘tkazilgan mijozlar so‘rovlariga ko‘ra, talabalar doimiy ravishda quyidagi afzalliklari uchun Duc Anh EduConnect’ni tanlashadi:
- Yuqori salohiyat va tajriba: Rahbariyatimiz va xodimlarimiz yuqori malakali, tajribali va o‘z ishiga sodiq mutaxassislardir. Biz talabalarning ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘yamiz hamda maslahatlarni e’tibor, aniqlik va professionallik bilan taqdim etamiz.
- Hamkor ta’lim muassasalarning keng tarmog‘i: Talabalar turli mamlakatlar, maktablar, o‘quv dasturlari, stipendiyalar va turar joy variantlarining keng tanloviga ega bo‘ladilar – bu esa mukammal akademik yo‘lni topish uchun ko‘plab imkoniyatlarni ochadi.
- Ishoningiz mumkin bo’lgan professionallik: Biz viza idoralari va xalqaro universitetlar tomonidan ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lish sharafiga muyassar bo‘lganmiz. Tajribamiz har bir hujjatning to‘g‘ri, samarali va o‘z vaqtida tayyorlanishini kafolatlaydi.
- To‘liq shaffoflik: Biz tasdiqlangan, aniq ma’lumotlarni taqdim etamiz; aniq va ochiq jarayonni yuritish bilan birga, to‘liq moliyaviy shaffoflikni ta’minlaymiz va hech qachon ortiqcha haq yoki yashirin to‘lovlarni talab qilmaymiz. Talabalarning akademik va moliyaviy manfaatlari har doim birinchi o‘rinda turadi.
- Sinovdan o‘tgan samaradorlik: Biz deyarli 100% viza muvaffaqiyati, mamlakatingizdagi eng yuqori stipendiya yutish ko‘rsatkichlaridan birini saqlab qolamiz hamda talabalar va ota-onalar bizdan doimiy ravishda yuksak qoniqish hosil qilishadi.
- Halollik va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlov: Biz amalga oshirgan jarayonimizga to‘liq sobitmiz. Bizning mas’uliyatimiz viza olib berish bilan yakuniga yetmaydi; biz talabalarni butun o‘quv davri davomida qo‘llab-quvvatlab, xorijga borganlariidan so‘ng ham o‘zlarini hech qachon yolg‘iz his qilmasliklarini ta’minlaymiz.
- Hayotni o‘zgartiruvchi imkoniyatlar: Chet elda o‘qishga yordam berishdan tashqari, biz bitiruvdan keyin ishga joylashish, ehtimoliy joylashuv tanlovlari, sarmoya kiritish, shaxsiy rivojlanish va global innovatsiyalar uchun yo‘llarni ochamiz.
Chuqur bilimimiz va o‘n yillik tajribamiz bilan Duc Anh EduConnect sizga xavflardan qochishga va xorijda o‘qish bo‘yicha maqsadlaringizga erishishingizga to‘liq yordam beradi. Bizga ishonishingiz mumkin.
Bizning xizmatlarimiz
Siz o‘z ehtiyojlaringizdan kelib chiqib, xizmatlarimizdan to‘liq yoki qisman foydalanishni tanlashingiz mumkin. Chet elda o‘qish rejangiz, tanlangan davlat va ta’lim muassasasiga qarab, siz bepul xizmatlar yoki hamyonbop xizmatlar paketidan foydalanish huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin. Bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatlarimiz quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- O‘qish yo‘nalishi, ta’lim muassasasi va dasturni tanlash bo‘yicha maslahat: Akademik ma’lumotingiz, ingliz tili darajangiz, malakangiz, ish tajribangiz, moliyaviy imkoniyatlaringiz hamda tanlangan dasturning qabul talablariga asoslanib, "Duc Anh EduConnect" sizga eng mos va strategik jihatdan to‘g‘ri qaror qabul qilishingizga yordam beradi.
- Chet elda o‘qish uchun ingliz tili tayyorgarligi: Agar ingliz tili darajangiz hali yetarli bo‘lmasa yoki talab qilingan ballarni (PTE Academic, IELTS, TOEFL, SAT, GMAT, GRE va h.k.) hali olmagan bo‘lsangiz, biz sizga til darajangizni qanday yaxshilash bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatamiz va zarurat tug‘ilganda testga ro‘yxatdan o‘tishga ko‘maklashamiz.
- O‘qishga qabul xatlarini olish: Biz sizga hujjatlarni tayyorlash jarayonida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatamiz va ularni sizning nomingizdan ta’lim muassasasiga topshiramiz. Sizning shartli yoki shartsiz qabul xatingiz "Duc Anh EduConnect" orqali yetkaziladi.
- Grant dasturlariga hujjat topshirishda qo‘llab-quvvatlash: tanlangan dastur, ta’lim muassasasi va akademik ko‘rsatkichlaringizga qarab, grant ariza shakllarini to‘ldirishda hamda grant suhbatlariga tayyorlanishda yordam beramiz.
- To‘lov kontraktlarini to‘lashda ko‘maklashish: Qabulni tasdiqlash, depozit yoki to‘lov kontraklari transaksiyalarini amalga oshirish hamda o‘z joyingizni band qilish uchun talab qilinadigan barcha jarayonlardan o‘tish bo‘yicha sizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatamiz.
- Talaba vizasiga hujjat topshirish: Elchixona talablariga muvofiq viza hujjatlarini tayyorlash, barcha shakllarni to‘ldirish, viza yig‘imlarini to‘lash, arizani topshirish va uning ko‘rib chiqilish jarayonini yaqindan kuzatib borishda ko‘maklashamiz.
- Tibbiy ko‘rikdan o‘tish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berish: Viza berilishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishni talab qiladigan davlatlar uchun tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rsatmalar beramiz va tibbiy ko‘rik uchun navbat olishga yordam beramiz.
- Viza suhbatiga tayyorlanish (trening): Agar suhbat talab qilinsa, savollarga ishonch bilan va shaffof javob berishingiz hamda o‘zingizni to‘liq tayyor his qilishingiz uchun siz bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazamiz.
- Turar joyni tashkil qilish va aeroportda kutib olish: Vizangiz chiqishini kutayotgan vaqtingizda turar joy topish, aviachiptalarni band qilish va aeroportda kutib olish ishlarini muvofiqlashtirishda yordam beramiz.
- Bo‘lajak xalqaro talabalar uchun ijtimoiy ko‘nikmalar (soft skills) treningi: Taom tayyorlash va budjetni boshqarishdan tortib, muloqot ko‘nikmalari va xorijda o‘qish metodlarigacha; yangi muhitga ishonch bilan moslashishingiz uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy ko‘nikmalaringizni rivojlantirishga yordam beramiz.
- Jo‘nab ketish oldi brifingi (Pre-departure briefing): Vizangiz qo‘lga kiritgach, sizga muhim ma’lumotlar: sayohatga tayyorgarlik, akademik talablar, yashash sharoitlari, talabalarning qo‘shimcha ishlashi (part-time), mahalliy qonun-qoidalar, odob-ahloq me’yorlari va boshqalar bo‘yicha batafsil yo‘l-yo‘riq beramiz.
- O‘qish davridagi doimiy qo‘llab-quvvatlash: O‘qish davringiz davomida o‘qish pulini to‘lash, o‘quv yurti yoki dasturni o‘zgartirish, akademik muammolar, qo‘shimcha ish topish yoki boshqa ehtiyojlar yuzasidan istalgan vaqt "Duc Anh EduConnect" bilan bog‘lanishingiz mumkin.
- Talabalarning ota-onalari uchun viza ko‘magi: Talabalarimizning ota-onalariga farzandlarini borib ko‘rishlari uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirish va sayohatni tashkil etishda birinchi navbatda ko‘mak ko‘rsatiladi.
- O‘qishni tamomlagandan keyingi ishchi vizasi bo‘yicha ko‘mak: Bitiruvchilarga mamlakatda qonuniy qolish va ish tajribasiga ega bo‘lish imkonini beruvchi o‘qishdan keyingi ishchi vizalariga (masalan, 485-kichik sinf vizasi) hujjat topshirishda yordam beramiz.
Professional migratsiya va investitsiya vizalari bo‘yicha maslahat va ariza topshirish: Muvofiq keluvchi talabalar va oilalar uchun professional (malakali mutaxassis) yoki investitsiya migratsiya vizalari, jumladan 186, 187, 189, 190, 482, 489, 491, 494, 188A, 188B va boshqa kichik sinf (subclass) vizalari bo‘yicha maslahat hamda ariza topshirish xizmatlarini taqdim etamiz.
Xorijda o‘qishga tayyorgarlik
Xorijda taʼlim olishni rejalashtirayotgan talabalar va ularning ota-onalari bir nechta asosiy yo‘nalishlar: moliyaviy imkoniyatlar, bilim darajasi, psixologik tayyorgarlik, til ko‘nikmalari va ijtimoiy malakalar bo‘yicha tayyor bo‘lishlari lozim.
1. Moliyaviy imkoniyatlar
Avvalo, o‘qish davri davomida kontrakt to‘lovlari va yashash xarajatlarini qoplash uchun yetarli mablag‘ga ega ekanligingizga ishonch hosil qilishingiz kerak. Aksar mamlakatlarda talabalarga to‘liqsiz ish soati bilan ishlashga ruxsat berilsa-da, topilgan daromad asosiy xarajatlarni qoplashga kamdan-kam hollarda yetarli bo‘ladi. Ijobiy tomoni shundaki, kontrakt to‘lovi odatda to‘liq emas, balki har yili yoki semestrlar kesimida to‘lanadi. Shuningdek, 18 yoshdan oshgan talabalar o‘zlarining kundalik xarajatlarini mustaqil ravishda nazorat qilishlari mumkin. Puxta ishlab chiqilgan moliyaviy reja orqali barcha qiyinchiliklarni bartaraf etish mumkin.
2. Bilim darajasi
Xorijda muvaffaqiyatli ta’lim olish uchun tabiiy va aniq fanlar, tillar, geografiya, tarix va madaniyat yo‘nalishlarida mustahkam poydevor yaratish foydadan holi emas. Borayotgan mamlakatingizning ta’lim tizimi va huquqiy me’yorlarini bilib olish sizga yangi muhitga tezroq moslashish hamda madaniy shok oldini olishga yordam beradi.
3. Psixologik tayyorgarlik va ruhiy salomatlik
Xorijda ta’lim olish har doim ham jozibali yoki oson bo ‘lavermaydi. Shuningdek, har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozu deganlaridek, har qanday joyda hayot va ta’lim jarayoni o‘ziga xos qiyinchiliklarga ega bo‘lib, muvaffaqiyatga erishish matonat va moslashuvchanlikni talab qiladi. Amalda, xalqaro talabalar o‘z yurtidagiga qaraganda ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlariga to‘g‘ri keladi. Bu ovqat pishirish va uy yig‘ishtirish kabi kundalik yumushlardan tortib, akademik va shaxsiy muammolarni mustaqil hal qilishgacha o‘z ichiga oladi.
Amaliy misollar:
- Mablag‘ yetishmovchiligi
Qo‘shimcha mablag‘ kelib tushganda yoki to‘liqsiz ish kuni yoki soatbay ishdan pul topganingizda ko‘rganingizda, doimo ma’lum miqdorni saqlab qo‘yishga harakat qiling. Favqulodda holatlar uchun ushbu zaxira moliyaviy bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi.
- Yaqin do‘stingiz siz bilan aloqani uzdimi?
Bu har bir inson hayotida uchrashi mumkin bo‘lgan holat. Mazkur vaziyat yangi ijtimoiy doirani shakllantirish va do‘stlar orttirish vaqti kelganidan dalolat bo‘lishi mumkin.
- Imtihondan yiqildingizni?
Sarosimaga tushmang. Ota-onangizga bor gapni ayting, xatolaringizni tahlil qiling, qayta topshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqing va oliygohingizdagi talabalar maslahat markazidan yordam so‘rang.
4. Til ko‘nikmalari
Belgilangan til bilish talablarini tekshiring va shunga muvofiq tayyorgarlik ko‘ring. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlar uchun odatiy talablar quyidagicha:
- Foundation / A-Level / Diploma dasturlari: PTE 36–43 (IELTS 5.0–5.5, har bir modul minimal daraja - 5.0)
- Bakalavriat / Magistratura (To‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul): PTE 50–60 (IELTS 6.0–7.0, har bir modul minimal daraja - 6.0)
- Qo‘shimcha imtihonlar: AQSh, Kanada universitetlari yoki MBA dasturlari uchun SAT, GRE, GMAT talab qilinishi mumkin.
Ayrim davlatlar viza hujjatlarini topshirish uchun minimal ingliz tili darajasini talab qiladi. Bu haqida batafsilma’lumot olish uchun Duc Anh EduConnect bilan bog‘lanishingiz mumkin. Agar sizda hali PTE, IELTS yoki TOEFL sertifikatlari mavjud bo‘lmasa, til bilish darajangizni aniqlash va akademik yo‘nalishingizni rejalashtirish uchun Duc Anh EduConnect ko‘magida ta’lim muassasalarining ichki imtihonlaridan o‘tishingiz mumkin.
5. Ijtimoiy (yumshoq) ko‘nikmalar
Yangi muhitga moslashishda ijtimoiy (yumshoq) ko‘nikmalarning o‘rni beqiyos. Talabalar kompyuter savodxonligi, muloqot madaniyati, vaqtni boshqarish, byudjetlashtirish, xaridlar qilish, ovqat pishirish, shaxsiy gigiyena va umumiy mustaqil hayot kechirish ko‘nikmalarini shakllantirishlari zarur.
Muhim eslatmalar. Xorijda o‘qishga tayyorgarlik ko‘rish vaqt talab etadi.
- Xorijiy mamlakatga yetib borgandan so‘ng, erkin muloqot qila olish uchun til tayyorgarligi odatda 1-2 yil oldindan boshlanishi kerak.
- Moliyaviy tayyorgarlik esa odatda 3-6 oyni tashkil etadi; ota-onalar muayyan davlatlarning moliyaviy talablari bo‘yicha Duc Anh EduConnect mutaxassislari bilan maslahatlashishlari tavsiya etiladi.
O‘z uyingizda yashayotgan paytda, ota-onangiz aksar muammolarni siz uchun hal qilgan bo‘lsa, xorijda ularni o‘zingiz mustaqil yechim topishingizga to‘g‘ri keladi. Agar siz va ota-onangiz sizning chet elda o‘qishni eplay olishingizga ishonsangiz, demak, yuzaga keladigan qiyinchiliklarni ham yenga olasiz. Shunga qaramay, agar sizda jiddiy muammolar paydo bo‘lsa, ularni yashirmang. Ota-onalar va maslahatchilar har doim to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatishga tayyor. Siz Duc Anh EduConnect mijozi bo‘lasizmi yoki yo‘q, biz sizni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
6. Kasbiy yo‘nalishni tanlash
Kamdan-kam insonlar butun umri davomida faqat bitta sohada faoliyat yuritishadi. Biroq o‘zingizga yoqadigan, kelajakda yaxshi ish o‘rinlari, barqaror daromad va o‘sish imkoniyatlarini taklif qiladigan sohani tanlash juda muhimdir. Izlanishga, o‘rganishga, yangi yo‘nalishlarni sinab ko‘rishga va sizni chin dildan ilhomlantiradigan ta’lim dasturlarini aniqlashga vaqt ajrating.
7. Mamlakatni to‘g‘ri tanlash va universitetni aniqlash
Akademik talabalar, viza qoidalari, ish imkoniyatlari hamda o‘qishdan keyin qolish yoki doimiy yashash huquqini (PR) qo‘lga kiritish yo‘llarini aniq tushunish uchun boradigan davlatingizni barvaqt belgilab olishingiz lozim.
Universitet tanlashda quyidagilarga e’tibor bering:
- Universitetning xalqaro reytingi
- Qabul talablari
- O‘qish to‘lovlari (Kontrakt miqdori)
- Grantlar va stipendiyalar
- Talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi
- Bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari
Mamlakat tanlashda quyidagilarga e’tibor bering:
- Viza olish qiyinchilik darajasi
- O‘qishni bitirgandan keyin qolish va ishlash huquqi
- Immigratsiya siyosati
- Investitsiya imkoniyatlari
8. Nufuzli ta’lim konsalting tashkilotlari bilan birgalikda ishlash
Ushbu bosqich hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ishonchli agentliklar xorijiy ta’lim muassasalari tomonidan rasmiy tayyorgarlikdan o‘tgan va ularning vakili sifatida qonuniy vakolatga ega bo‘lgan tashkilotlardir. Ular sizga quyidagi yo‘nalishlarda to‘liq yordam ko‘rsatadi:
- Yo‘nalish va o‘quv yurtini tanlash;
- Hujjatlarni tayyorlash;
- Stipendiya va grantlar olish;
- Viza olish jarayoniga hujjatlarni rasmiylashtirish;
- Turar joy tashkil etish;
- Aviachiptalarni buyurtma qilish;
- O‘qish davomida talabalarni qo‘llab-quvvatlash
Ko‘p hollarda bunday agentliklar universitetlarga hujjat topshirish yig‘imlarini bepul qilishga yoki bepul ariza topshirish xizmatlarini taklif etadi. Malakali va tajribali maslahatchilar talabalarning shaxsiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ularga munosib akademik imkoniyatlar, grantlar va amaliy tavsiyalar taqdim etadilar.
Grant asosida o‘qish yoki shaxsiy mablag‘lar hisobiga?
Deyarli barcha xalqaro talabalar grant (stipendiya) olishni umid qiladilar va ularning aksariyati hech qanday shartlarsiz to‘liq moliyalashtiriladigan dasturlarni orzu qiladi. Biroq, haqiqatda bunday grantlar juda kam uchraydi. Ko‘plab talabalar turli shaxsiy sabablarga ko‘ra chegirmali grantlarni izlaydilar: kimdir o‘z mehnatining e’tirof etilishini xohlasa, kimdir moliyaviy bosimni kamaytirishni istaydi, yana kimdir esa shunchaki grant nufuzini qadrlashi sabab.
Shunga qaramay, so‘nggi 26 yildan ortiq vaqt davomida talabalar barcha xarajatlarni (ham o‘qish, ham yashash xarajatlarini) qoplaydigan to‘liq grantlarni rad etgan ko‘plab holatlarga ham guvoh bo‘ldik. Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
- Grant sohibiga yuklanadigan majburiyatlar yoki shartlar;
- Reytingi pastroq bo‘lgan ta’lim muassasalari bilan cheklanib qolish;
- O‘zlari xohlamagan yo‘nalishda o‘qishga majbur bo‘lish.
Har bir narsaning o‘z badali bor va yakunda qaysi yo‘l maqsadlaringizga eng mos kelishini o‘zingiz belgilaysiz.
Quyida sizga to‘g‘ri qaror qabul qilishingizga yordam beradigan grant asosida va o‘z shaxsiy mablag‘ingiz hisobidan o‘qishga oid muhim ma’lumotlar keltirilgan.
1. Grant (stipendiya) asosida xorijda tahsil olish
Bu tashkilot yoki shaxs tomonidan to'liq yoki qisman moliyalashtiriladigan o'qishni anglatadi. Grantlarga qiziqqan talabalar quyidagi kabi taniqli dasturlarni o'rganishlari mumkin:
- Avstraliya:
- Australia Awards Scholarships (AAS)
- Australia Awards Mekong-Australia Partnership
- Buyuk Britaniya:
- Chevening Scholarships
- GREAT Scholarships
- Commonwealth Scholarships
- Qo'shma Shtatlar:
- Hubert H. Humphrey Fellowship
- Fulbright Foreign Student Program
- Yangi Zelandiya:
- Manaaki New Zealand Scholarship Programme
- Kanada:
- Vanier Canada Graduate Scholarships
- Canada-ASEAN Scholarships and Educational Exchanges for Development (SEED)
- Singapur: ASEAN Scholarship
- Shveytsariya: Swiss Government Excellence Scholarships (SGES)
- Irlandiya:
- Ireland Fellowships Programme
- Government of Ireland - International Education Scholarships (GOI-IES)
- Government of Ireland Postgraduate Scholarship Programme
- Italiya:
- Invest Your Talent in Italy Scholarships
- MAECI Scholarships
- Regional DSU Scholarships
- Germaniya: DAAD Scholarship
- Fransiya:
- France Excellence Eiffel Scholarship
- France Excellence Scholarship
- Polsha: Banach NAWA Scholarship
- Niderlandiya: NL Scholarship
- Yaponiya: MEXT Scholarship (Monbukagakusho)
- Malayziya: Malaysia International Scholarship (MIS)
Grant moliyalashtirish turlari
Ularning o‘rtasidagi farqlarni tushunish juda muhimdir:
- Scholarship (Stipendiya): Raqobatli va cheklangan bo‘lib, nomzodning akademik yutuqlari va iqtidoriga qarab beriladi.
- Grant (Moliyaviy ko‘mak): O‘qishga ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng avtomatik ravishda beriladigan belgilangan miqdordagi mablag‘. Alohida ariza topshirish talab qilinmaydi.
- Bursary / Financial Aid (Ijtimoiy yordam): Moliyaviy ehtiyoj yoki shartli holatlarga asoslangan holda beriladigan yordam.
Duc Anh EduConnect talabalarga har uchala toifa bo‘yicha ham ko‘maklashadi: stipendiya, moliyaviy yordam hamda ijtimoiy yordam.
Mezonlar va baholash jarayoni
Hech bir tashkilot grant olishni kafolatlay olmaydi. Mukofotlar grant komissiyalari tomonidan quyidagi asosiy mezonlarga ko‘ra belgilanadi:
- Akademik ko‘rsatkichlar: Yuqori GPA (o‘rtacha ball) eng muhim omildir. Aksar ta’lim tashkilotlari talabalarni eng yuqori balldan pastga qarab saralaydi. Ijobiy akademik ko‘rsatkichlarni saqlab qolish imkoniyatlaringizni sezilarli darajada oshiradi.
- Ariza topshirish vaqti: Nisbatan ertaroq ariza topshirish sizga katta ustunlik beradi. Ko‘pchilik muassasalar arizalarni mablag‘lar yoki o‘rinlar tugaguniga qadar kelib tushish tartibiga ko‘ra (rolling basis) baholaydilar.
- Maxsus mezonlar (ayrim grantlar uchun): Bunga yetakchilik qobiliyati, sport, musiqa, dizayn, jamoat ishlari, ta’sirchan esselar yoki hududiy rivojlanish talablari misol bo‘la oladi.
Ko‘pgina davlatlar talabalarni faqat ular universitetdan shartsiz qabul xatlari (unconditional offer) olganlaridan keyingina grant uchun ko‘rib chiqadilar. Arizani erta topshirish – hatto barcha hujjatlar to‘liq tayyor bo‘lmasdan oldin ham – baholash navbatida o‘z o‘rningizni band qilishga yordam beradi.
Istisno: AQSh va ba’zi mamlakatlar hujjatlarning bir qismiga asoslanib dastlabki grant qarorlarini chiqarishi mumkin, ammo yakuniy grant miqdori baribir to‘liq hujjatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Grant ko‘rsatkichlari (Ma’lumot uchun)
|
Grant darajasi
|
GPA talabi
|
Ingliz tilini bilish talabi
|
|
100% kontrakt summasi
|
98–100%
|
IELTS ≥ 7.0
|
|
50% kontrakt summasi
|
≥ 95%
|
IELTS ≥ 6.5
|
|
25 – 30% kontrakt summasi
|
≥ 85%
|
IELTS ≥ 6.5
|
|
10 – 20% kontrakt summasi
|
≥ 75%
|
IELTS ≥ 6.0
|
Grant uchun topshiriladigan hujjatlar
- Eng so‘nggi akademik transkriptlar (baholar varaqasi);
- Oxirgi tamomlagan ta’lim muassasasi diplomi;
- Pasport (shaxsiy ma’lumotlar va imzo qo‘yilgan sahifasi);
- Ingliz tili sertifikati (PTE Academic / IELTS / TOEFL / SAT / GMAT / GRE va hokazo);
- Akademik yutuqlar, darsdan tashqari faoliyatlar, ilmiy ishlar (agar mavjud bo‘lsa).
Magistratura yoki PhD grantlari uchun qo‘shimcha hujjatlar
- CV (Rezyume);
- Motivatsion xat (Personal Statement);
- 2 ta tavsiyanoma (Letters of Recommendation).
Muhim eslatmalar
- Qisman grant olgan talabalar qolgan barcha xarajatlarni o‘zlari qoplay olishlariga ishonch hosil qilishlari kerak;
- Ba’zi davlatlar qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiladi; boshqalari esa asosan GPA va ingliz tili darajasiga qarab baholaydi.
Ma’lumot uchun talabalar quyidagi davlatlardagi grantlarni o‘rganishlari mumkin: Avstraliya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Yangi Zelandiya, Singapur, Niderlandiya, Shveytsariya, Yaponiya, Italiya, Irlandiya va boshqalar.
2. Shaxsiy mablag‘lar hisobidan o‘qish (Self-funded study)
Shaxsiy mablag‘ hisobidan o‘qish - siz va oilangiz xorijda o‘qish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni to‘liq o‘z zimmangizga olishingizni anglatadi. Ushbu yo‘nalish orqali siz quyidagilarni tanlashda mutloq erkinlikka ega bo‘lasiz:
- Boradigan davlatingiz,
- Ta’lim muassasasi va o‘quv dasturi,
- Ma’qul keladigan budjet,
- Karyera yo‘nalishi,
- Yashash joyi,
- O‘qishni bitirgandan keyingi ish yoki doimiy yashash (ko‘chib o‘tish) imkoniyatlari.
Grant asosida o‘qiydigan talabalar bilan solishtirganda, shaxsiy mablag‘lar hisobidan o‘qiydigan talabalar xalqaro ta’lim oluvchilarning asosan ko‘pchiligini tashkil qiladi.
Bugungi kunda talabalar moslashuvchan ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari mumkin, jumladan:
- To‘liq xorijda o‘qish (barcha dastur chet elda),
- Qisman xorijda o‘qish (bir qismi o‘z mamlakatida, bir qismi chet elda),
- Butun dastur davomida bitta davlatda o‘qish,
- Yoki transfer dasturlari orqali bir nechta davlatlar bo‘ylab o‘qishni ko‘chirish.
O‘z mutaxassisligingiz va o‘quv dasturini tanlash
Siz o‘z mamlakatingizda ma’lum bir ta’lim bosqichini tamomlagan bo‘lishingiz va xorijdagi qaysi dastur sizga eng mos kelishi borasida ikkilanayotgan bo‘lishingiz mumkin.
Yoki siz va oilangiz bu masalani ko‘p marta muhokama qilgan bo‘lsangiz-da, baribir qaysi mutaxassislikni tanlash bo‘yicha yakuniy qarorga kela olmagan bo‘lishingiz ham mumkin.
Bunday vaziyatlarda siz quyidagilarga murojaat qilishingiz mumkin:
Xorijdagi yetakchi universitetlardan biri tomonidan nashr etilgan va qaysi mutaxassisliklar qanday karyera yo‘llariga olib borishini ko‘rsatib beruvchi qo‘llanma (namuna bilan tanishing).
So‘ngra, ushbu ma’lumotlarni o‘z holatingiz va vaziyatingiz bilan solishtiring; yuqori akademik ko‘rsatkichlar, maqbul xarajatlar hamda bitirgandan so‘ng kafolatlangan ish topishni ta’minlaydigan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha individual maslahat olish uchun bizga murojaat qiling.
1. Mutaxassislikni tanlash
Mutaxassislikni tanlash bir nechta omillarga bog‘liq:
- Kelajakda kim bo‘lmoqchisiz?
- Qaysi akademik sohalarda kuchlisiz?
- Bitirgandan keyin ish topish imkoniyatlari qanday?
- Chet elda ishlashni rejalashtiryapsizmi yoki o‘z mamlakatingizga qaytmoqchimisiz?
Sertifikat, diplom, bakalavriat va magistratura yoki PhD bosqichlarida taklif etiladigan mutaxassisliklar yo‘nalishlariga quyidagilar misol bo‘la oladi:
- Axborot texnologiyalari (AT): hisoblash texnikasi, tarmoq administratorligi, tizimlar, qurilmalar ta’minoti, dasturiy ta’minot, kompyuter ilmi, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar statistikasi va tahlili…
- Media va kommunikatsiyalar: aloqa va kommunikatsiya, multimedia, raqamli media, jurnalistika (bosma/onlayn), nashriyot ishi, media boshqaruvi, kino va televideniye…
- Muhandislik: ishlab chiqarish muhandisligi, ishlab chiqarish liniyalari, avtomatlashtirish, mashinasozlik, aerokosmik muhandislik, dengiz muhandisligi, avtomobilsozlik, elektr va sovutish tizimlari muhandisligi, kimyo muhandisligi, ekologik muhandislik…
- Arxitektura: arxitektura, arxitektura dizayni, shaharsozlik va shahar dizayni, qishloq hududlarini rejalashtirish, loyihalarni boshqarish, ko‘chmas mulkni boshqarish va baholash…
- Qurilish: qurilish muhandisligi, fuqarolik/sanoat qurilishi, yo‘l va ko‘prik qurilishi, qurilish loyihalarini boshqarish, qurilish muhandisligi texnologiyasi, qurilish iqtisodiyoti…
- Dizayn va san’at: moda dizayni, interyer dizayni, grafik dizayn, mahsulot dizayni, tasviriy san’at, rejissyorlik, teatr, raqs, muzika, kino, fotografiya, haykaltaroshlik, dizayn va san’at menejmenti…
- Biznes: iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi, biznes boshqaruvi, tijorat, bank ishi, audit, risklarni boshqarish, inson resurslarini boshqarish, marketing, turizm va mehmonxona menejmenti…
- Ijtimoiy fanlar: jamoatchilikni rivojlantirish, sotsiologiya, xalqaro munosabatlar, tilshunoslik, ijtimoiy ish, antropologiya, madaniyatshunoslik, psixologiya, siyosatshunoslik, harbiy fanlar…
- Ta’lim (Pedagogika): ta’lim sohasidagi tadqiqotlar, ta’lim menejmenti, ta’lim boshqaruvi, o‘qituvchilik (bog‘cha – maktab – universitet), tillar (ingliz tili + boshqa tillar), tarjimonlik (yozma va og‘zaki), o‘quv dasturlarini ishlab chiqish…
- Amaliy fanlar: amaliy fanlar, biotexnologiya, biokimyo, zoologiya, ekologiya fani, astronomiya, oziq-ovqat texnologiyasi, kimyoviy texnologiya…
- Tabiiy fanlar: matematika, fizika, kimyo, biologiya, kosmologiya, okeanografiya…
- Tibbiyot: stomatologiya, yuz-jag‘ jarrohligi, oftalmologiya (ko‘z kasalliklari), LOR (quloq, burun, tomoq), ichki va tashqi kasalliklar (terapiya/jarrohlik), hamshiralik ishi, jamoat salomatligi, shifoxona boshqaruvi, tibbiy vizualizatsiya (MRT/UZI), laboratoriya ishi, estetika/kosmetologiya…
- Farmatsevtika: klinik farmatsevtika, dorivor ashyolar va an’anaviy farmatsevtika, dori vositalari sifatini nazorat qilish, dori vositalarini ishlab chiqarish va ishlab chiqish, farmatsevtika ta’minot zanjirini boshqarish…
Va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar…
2. O‘quv dasturini tanlash
O‘quv dasturini tanlash quyidagilarga bog‘liq:
- Akademik ko‘rsatkichlaringiz va joriy ingliz tili/xorijiy til darajangizga
- Siz tanlagan dasturning qabul talablariga
- Oilangizning moliyaviy imkoniyatlariga
- Uzoq muddatli karyera maqsadlaringizga
Quyida tanishib chiqishingiz mumkin bo‘lgan ta’lim dasturlarining 16 ta turi keltirilgan:
- Til kurslari: Akademik dasturga boshlashdan oldin xorijiy tilni o‘rganishi kerak bo‘lgan barcha talabalar uchun. Davomiyligi sizning joriy bilim darajangiz, o‘zlashtirish qobiliyatingiz va ta’lim muassasasi talablariga bog‘liq. Taklif etiladigan tillar: ingliz, fransuz, nemis, polyak, xitoy, yapon, koreys, ispan tillari va h.k.
- Boshlang‘ich, o‘rta va yuqori maktab dasturlari: Umumiy o‘rta ta’limni chet elda davom ettirishni xohlovchi o‘quvchilar uchun. Tamomlagandan so‘ng bitiruvchilar mehnat faoliyatini boshlashlari yoki kollej/universitetlar o‘qishlarini davom ettirishlari mumkin.
- Kasb-hunar sertifikati dasturlari: 10 yoki 11-sinfni tamomlagan o‘quvchilar uchun; davomiyligi: 3 – 6 – 9 oy. Shundan so‘ng talabalar ishlashlari yoki diplom olish uchun kollejda yana 1 – 1,5 yil o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
- Diplom dasturlari: 10 yoki 11-sinfni tamomlagan o‘quvchilar uchun; davomiyligi: 1 – 2 yil. Keyinchalik talabalar ishlashlari yoki bakalavr darajasini olish uchun universitetda yana 1 – 2 yil o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
- Tayyorlov dasturlari (Foundation): 11-sinfni tamomlagan va universitetga kirishni xohlaydigan, ammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul talablariga javob bermaydigan o‘quvchilar uchun. Davomiyligi: 1 yil. Shundan so‘ng universitetning 1-kursiga o‘tiladi.
- Bakalavriat dasturlari (Bachelor’s Degree): 12-sinf bitiruvchilari yoki o‘qishni ko‘chirish (transfer) yo‘li bilan hujjat topshirayotgan kollej/texnikum bitiruvchilari uchun. Davomiyligi mutaxassislikka qarab 3 – 5 yil. Bitiruvchilar ishlashlari yoki Magistratura/PhD bosqichida davom etishlari mumkin.
- Magistratura oldi tayyorlov dasturlari (Pre-Master’s): Magistratura uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul talablariga javob bermaydigan va ingliz tili yoki akademik ko‘nikmalarini kuchaytirishi kerak bo‘lgan universitet bitiruvchilari uchun. Davomiyligi: 6 – 12 oy, shundan so‘ng Magistraturaga o‘tiladi.
- Oliy diplom dasturlari (Graduate Diploma): Magistraturaga kirishdan oldin qo‘shimcha akademik tayyorgarlikka muhtoj bo‘lgan yoki yo‘nalishini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan universitet bitiruvchilari yoki tegishli ish tajribasiga ega kollej bitiruvchilari uchun. Davomiyligi: 1 yil va Magistraturaga o‘tish huquqini beradi.
- Magistratura dasturlari (Master’s Degree): Oliy ma’lumotli (universitet bitiruvchilari) uchun. Davomiyligi: 1 – 2 yil.
- Doktorantura dasturlari (PhD): Universitet bitiruvchilari (odatda magistr darajasiga ega bo‘lganlar) uchun. Davomiyligi: 3 – 5 yil.
- Yozgi ta’til dasturlari (Summer Study Abroad): 12 – 18 yoshdagi o‘quvchilar uchun; yozgi ta’tilda davomiyligi 2 – 10 hafta. Boriladigan davlatlar: Singapur, Malayziya, Avstraliya, Kanada, AQSh. Dasturlar hamroh kuzatuvchi o‘qituvchilar bilan yoki mustaqil sayohat shaklida bo‘lishi mumkin.
- AQShda amaliyot dasturi (Internship Program): Universitet bitiruvchilari uchun. Davomiyligi Marshall universitetidagi (AQSh) Magistratura dasturi davomiyligiga mos keladi. Talabalar kontrakt pulidan 50% chegirma oladilar va universitet professor-o‘qituvchilari bilan birga ishlaydilar.
- Ta’lim muassasalariga tashrif va o‘quv turlari: Chet eldagi maktab va universitetlarga sayohat qilish hamda ular bilan tanishishni xohlovchi ota-onalar va o‘quvchilar uchun.
- Qisqa muddatli o‘quv dasturlari: Jismoniy shaxslar yoki tashkilotlar uchun; davomiyligi: 1 hafta – 3 oy – 6 oy.
- Ham o‘qish, ham ishlash dasturlari (Work & Study): Ingliz tilini yaxshi biladigan va muayyan kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalar uchun. Davomiyligi: 3 oy – 6 oy – 2 yil. Boriladigan davlatlar: Buyuk Britaniya, Avstraliya, Singapur, AQSh, Kanada…
- Haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotiga ega dasturlar (Co-op/Paid Internship): Turizm va mehmonxona menejmenti (tourism/hospitality management) yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun. Amaliyot muddati umumiy dasturning ⅓ yoki ½ qismini tashkil qiladi. Kutilayotgan ish haqi: Singapurda 500 AQSh dollari, AQSh, Avstraliya va Yangi Zelandiyada esa 2,000 – 3,000 AQSh dollari.
Taxminiy xarajatlar va ularni boshqarish
1. Xorijda o‘qish xarajatlari
Xorijiy oliygohlarda ta’lim olishda deyarli hech narsa mutlaqo bepul bo‘lmaydi va aksar hollarda har qanday xizmatdan foydalanishda to‘lov summalarini oldindan amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi. Xorijdagi to‘liqsiz ish kunidagi mehnatdan topilgan daromad o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplashga yetadi degan yanglish tushuncha mavjud. Chet elda yashash xarajatlari Osiyo davlatlariga qaraganda sezilarli darajada yuqori, shuning uchun siz barchasini diqqat bilan o‘rganishingiz va moliyangizni to‘g‘ri rejalashtirishingiz kerak. Quyida siz bilishingiz kerak bo‘lgan asosiy to‘lov toifalari keltirilgan.
Xorijda o‘qish bilan bog‘liq umumiy to‘lov turlari:
|
To‘lov turi
|
Kimga to‘lanadi
|
Tavsifi
|
|
Ma’muriy to‘lovlar (qo‘ng‘iroqlar, xatlar, pochta, telefon, faks…)
|
Talaba yoki uning qonuniy vakillari nomidan “Duc Anh EduConnect”ga to‘lanadi.
|
Xorijda o‘qish bo‘yicha hujjatingiz bilan bog‘liq aloqa va ma’muriy xizmatlarni qoplaydi: maktablar, talabalar, viza idoralari, vasiylik xizmatlari bilan bog‘lanish, kuryerlik to‘lovlari va h.k.
|
|
Tarjima to‘lovlari
|
Talaba yoki uning qonuniy vakillari nomidan “Duc Anh EduConnect”ga to‘lanadi.
|
Hujjatlaringizni ingliz tili yoki ta’lim tashkilotlari yoki viza idoralari talab qilgan tilga tarjima qilish xarajatlarini qoplaydi.
|
|
Xizmat haqi
|
“Duc Anh EduConnect”ga to‘lanadi.
|
Avstraliya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya (universitetlarning 2/3 qismi) uchun ariza topshirish bepul. Boshqa davlatlarga ariza topshirish uchun maqbul miqdorda xizmat haqi undiriladi.
|
|
Arizani ko‘rib chiqish to‘lovi (Application fee)
|
Siz hujjat topshirayotgan ta’lim muassasasiga
|
Ta’lim muassasasi tomonidan arizangizni ko‘rib chiqish va qayta ishlash xarajatlarini qoplaydi.
|
|
Viza uchun to‘lov
|
Elchixona yoki konsullikka
|
Viza idorasi tomonidan viza arizangizni ko‘rib chiqish va suhbatni tashkil qilish xarajatlarini qoplaydi.
|
|
Suhbat to‘lovi
|
Elchixona yoki konsullikka
|
Viza suhbati belgilangan vaqt uchun to‘lovni qoplaydi.
|
|
Tibbiy ko‘rik
|
Belgilangan klinik muassasaga
|
Talaba vizasi uchun talab qilinadigan tibbiy ko‘rik xarajatlarini qoplaydi.
|
|
O‘qish kontrakt to‘lovi (Tuition fee)
|
Siz o‘qishga kirgan ta’lim muassasasiga
|
Ta’lim muassasasidagi o‘quv kursingiz xarajatlarini qoplaydi.
|
|
Tibbiy sug‘urta
|
Siz o‘qishga kirgan ta’lim muassasasiga
|
O‘qish davrida talab qilinadigan majburiy tibbiy sug‘urtani qoplaydi.
|
|
Vasiylik to‘lovi (18 yoshga to‘lmaganlar uchun)
|
Ta’lim muassasasi yoki vasiylik tashkilotiga
|
Voyaga yetmagan talabalar uchun maktab yoki vasiyning mas’uliyatini qoplaydi: farovonlikni nazorat qilish, ota-onalar bilan aloqa, akademik/turar joy hisobotlari, favqulodda vaziyatlarni boshqarish va boshqa yordamlar.
|
|
Xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlash to‘lovi
|
Siz o‘qishga kirgan ta’lim muassasasiga
|
Xalqaro talabalarga ko‘rsatiladigan talabalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini qoplaydi.
|
|
Turar joy va ovqatlanish
|
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ta’lim muassasasi orqali to‘lanadi
|
Talabalar turar joyi (yotoqxona) va kundalik ovqatlanish xarajatlarini qoplaydi.
|
|
Transport
|
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ta’lim muassasasi orqali to‘lanadi
|
Talabaning kundalik qatnov (transport) xarajatlarini qoplaydi.
|
|
Aviachipta
|
Aviakompaniyaga
|
Talabaning parvoz chiptasi xarajatlarini qoplaydi.
|
|
Boshqa shaxsiy xarajatlar (kanselyariya, shaxsiy buyumlar va h.k.)
|
Mustaqil ravishda to‘lanadi
|
Turli xil shaxsiy xarajatlarni qoplaydi.
|
Ayrim mamlakatlarda xorijda o‘qishning taxminiy xarajatlari:
|
Davlat
|
Til kursi / haftasiga
|
Maktab / yiliga
|
Kollej / yiliga
|
Universitet – Magistratura / yiliga
|
Yashash xarajatlari / yiliga
|
|
Buyuk Britaniya
|
400 – 550
|
12.000 – 30.000
|
14.000 – 22.000
|
15.000 – 35.000
|
11.000 – 18.000
|
|
AQSh
|
400 – 500
|
25.000 – 50.000
|
12.000 – 22.000
|
15.000 – 60.000
|
15.000 – 20.000
|
|
Avstraliya
|
350 – 600
|
14.000 – 47.000
|
9.000 – 22.000
|
26.000 – 87.000
|
18.000 – 30.000
|
|
Kanada
|
400 – 500
|
14.000 – 50.000
|
9.000 – 20.000
|
15.000 – 45.000
|
15.000 – 25.000
|
|
Yangi Zelandiya
|
350 – 600
|
14.000 – 47.000
|
9.000 – 22.000
|
26.000 – 87.000
|
18.000 – 30.000
|
|
Singapur
|
400 – 500
|
14.000 – 45.000
|
12.000 – 20.000
|
18.000 – 40.000
|
18.000 – 25.000
|
|
Malayziya
|
400 – 500
|
–
|
12.000 – 30.000
|
12.000 – 20.000
|
8.000 – 12.000
|
|
Niderlandiya
|
400 – 500
|
1.500 – 30.000
|
–
|
9.000 – 25.000
|
12.000 – 18.000
|
|
Shveysariya
|
–
|
–
|
20.000 – 30.000
|
20.000 – 40.000
|
12.000 – 20.000
|
|
Yaponiya
|
≥ 10.000/yiliga
|
–
|
–
|
12.000 – 30.000
|
9.000 – 12.000
|
|
Italiya
|
–
|
–
|
–
|
6.000 – 20.000
|
10.000 – 18.000
|
|
Polsha
|
≥ 2.000/yiliga
|
–
|
–
|
2.200 – 13.000
|
5.000 – 7.000
|
|
Fransiya
|
≥ 5.000/yiliga
|
–
|
–
|
1.000 – 21.000
|
12.000 – 18.000
|
|
Germaniya
|
–
|
–
|
–
|
0 – 20.000
|
~10.200
|
|
Finlyandiya
|
–
|
–
|
–
|
4.000 – 12.000
|
~9.600
|
|
Irlandiya
|
–
|
–
|
–
|
10.000 – 20.000
|
~12.000
|
|
Xitoy
|
–
|
–
|
–
|
15.000 – 120.000
|
36.000 – 48.000
|
*Valyuta: To‘lovlar boradigan davlatning mahalliy valyutasida hisoblanadi.Malayziya va Yaponiya bundan mustasno.
*Maktablar yoki davlat idoralariga to‘lanadigan to‘lovlar uchun talabalar mablag‘larni “Duc Anh EduConnect” ko‘rsatmalari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank o‘tkazmasi orqali yuboradilar.
2. Xarajatlarni qanday boshqarish kerak?
Ota-onangiz yuboradigan pulni oy oxirigacha yetkazish, pul orttirish va hatto ozroq tejashni uddalash bu haqiqiy san’atdir. Ham o‘qishingizga ham, ham sog‘ligingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan "cho‘ntakning qurib qolishi" vaziyatining oldini olish uchun sizda aniq reja bo‘lishi kerak.
Mablag‘ingizni aniq xarajat toifalariga bo‘lishingiz va “Pulni to‘g‘ri joyga sarflash” qoidasiga qat’iy amal qilishingiz lozim.
Asosiy xarajatlar toifalari:
- Muhim xarajatlar: oziq-ovqat, ijara haqi, transport, tibbiy sug‘urta, kontrakt pullari, darsliklar va h.k.
- Ixtiyoriy xarajatlar: kafeda ovqatlanish, kiyim-kechak, qo‘shimcha shaxsiy buyumlar, kino, sport va h.k.
- Favqulodda vaziyatlar fondi: pulni ortiqcha sarflab qo‘yganingizda, ota-onangiz pulni kechiktirib yuborganida yoki kasal bo‘lib qolganingizda foydalanish uchun.
Shuningdek, talabalar pulni tejashning aqlli yo‘llarini izlashlari kerak - chegirmali mahsulotlarni sotib olish, onlayn tarzda yaxshi takliflarni topish, resurslardan unumli foydalanish hamda xalqaro talabalar uchun mavjud bo‘lgan maxsus talabalik chegirmalaridan (student discounts) foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Xorijda ishga joylashish va immigratsiya imkoniyatlari
Aksariyat mamlakatlarda xalqaro talabalarga o‘qishni bitirgandan so‘ng, agar ular ish topsalar, mamlakatda qolish va ishlashga ruxsat beriladi. Shunigdek, zarur talablarga javob berishsa, doimiy yashash huquqi uchun ariza topshirishlari ham mumkin. Quyida talabalar tomonidan ko‘p tanlanadigan bir nechta ma’lum davlatlardagi mehnat va immigratsiya yo‘nalishlari haqida umumiy ma’lumot keltirilgan.
- Buyuk Britaniya: Buyuk Britaniyada akademik dasturlarda tahsil olayotgan talabalar o‘quv davrida haftasiga 20 soatgacha ishlashlari mumkin. Bakalavr yoki undan yuqori darajani tamomlagandan so‘ng, bitiruvchilar 18 oydan 3 yilgacha qolish va ishlash huquqiga ega bo‘ladilar. Ushbu davrda o‘zingizni yaxshi ko‘rsatib, uzoq muddatli (3–4 yillik) mehnat shartnomasini qo‘lga kiritsangiz, Buyuk Britaniyada uzoq muddatli yashash huquqini olish uchun ariza topshirishingiz mumkin.
- Avstraliya: Avstraliyada maktab, kollej/diplom dasturlari va universitet (bakalavriat va magistratura) talabalari har ikki haftada 48 soat ishlashlari mumkin; ilmiy-tadqiqot (research) yo‘nalishi talabalari esa cheklanmagan mehnat huquqiga ega. 2 yillik akademik o‘qishni tamomlagandan so‘ng, bitiruvchilar mamlakatda quyidagi muddatlarda qolishlari mumkin: 1.5 yil (Diplom dasturi uchun, agar mutaxassislikka talab yuqori bo‘lgan kasblar ro‘yxatida bo‘lsa), 2 yil (Bakalavriat va o‘quv kursi bo‘yicha Magistratura), 3 yil (Tadqiqot yo‘nalishidagi Magistratura va PhD). Avstraliya malakali immigratsiyani faol qo‘llab-quvvatlaydi, shuning uchun talablarga javob beradigan bitiruvchilar malakali migratsiya dasturlari doirasida doimiy yashash huquqi uchun ariza topshirishlari mumkin.
- Amerika Qo‘shma Shtatlari: AQShda xalqaro talabalar universitet hududida (on-campus) haftasiga 10 soat ishlashlari mumkin. O‘qishni bitirgandan so‘ng, talabalar OPT (Optional Practical Training) dasturi doirasida qolib ishlashlari mumkin: STEM (aniq va tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik) yo‘nalishlari uchun 3 yilgacha, STEM bo‘lmagan yo‘nalishlar uchun esa 1 yil. AQSh hukumati xalqaro talabalar uchun maxsus doimiy yashash huquqini taqdim etuvchi immigratsiya yo‘nalishini taqdim etmaydi.
- Kanada: Kanadada xalqaro talabalar haftasiga 20 soat ishlashlari mumkin. Akademik dasturni tamomlagandan so‘ng, bitiruvchilar o‘qishdan keyingi ish ruxsatnomasini (PGWP) olishlari va quyidagi muddatlarda qolib ishlashlari mumkin: 1 yil (1 yillik dastur uchun), 2 yil (2 yillik dastur uchun), 3 yil (Bakalavriat, Magistratura, PhD). Kanada malakali immigratsiyani kuchli qo‘llab-quvvatlaydi va talablarga javob beradigan xalqaro bitiruvchilar turli PR (doimiy rezidentlik) yo‘nalishlari orqali doimiy yashash uchun ariza topshirishlari mumkin.
- Yangi Zelandiya: Yangi Zelandiyada xalqaro talabalar haftasiga 25 soat ishlashlari mumkin. Tan olingan dasturni tamomlagandan so‘ng, bitiruvchilar o‘zlarining malaka darajasiga qarab 1 yildan 3 yilgacha qolish va ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Yangi Zelandiya malakali migratsiyani qo‘llab-quvvatlaydi, shuning uchun talablarga javob beradigan bitiruvchilar rezidentlik uchun ariza topshirishlari mumkin.
- Singapur: Xususiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xalqaro talabalarga, Immigratsiya va nazorat punktlari organining (ICA) yozma ruxsati bo‘lmasa, biron-bir sohada ishlashga ruxsat berilmaydi. Davlat ta’lim muassasalari talabalari esa o‘quv davrida haftasiga 16 soat va ta’til kunlarida to‘liq stavkada ishlashlari mumkin. Singapur xalqaro talabalar uchun immigratsion imtiyozlarni taklif qilmaydi.
- Niderlandiya, Finlyandiya, Irlandiya, Fransiya, Germaniya, Polsha va boshqalar: Professional yoki akademik dasturlardagi talabalar haftasiga 20 soat ishlashlari mumkin va bu mamlakatlarning aksariyati bitiruvchilarga ish qidirish uchun 1 yil davomida mamlakatda qolishga ruxsat beradi. Biroq, ular odatda xalqaro talabalar uchun maxsus immigratsiya siyosatini taklif qilmaydilar.
- Yaponiya / Janubiy Koreya: Xalqaro talabalar haftasiga 28 soatgacha ishlashlari mumkin. Ushbu mamlakatlar odatda talabalarga o‘qishni bitirgandan keyin uzoq muddat qolish va ishlashga ruxsat bermaydi, shuningdek, xalqaro talabalar uchun immigratsion imtiyozlar mavjud emas.
Agar siz ushbu imkoniyatlarga qiziqsangiz va maqsad sari intiluvchan talaba bo‘lsangiz, “Duc Anh EduConnect” sizga xorijda ishga joylashish va immigratsiya imkoniyatlari bo‘yicha individual ko‘rsatmalar berishi mumkin. Talabalarga amaliy tajriba orttirish uchun o‘qishni bitirgandan so‘ng bir necha yil xorijda ishlash tavsiya etiladi. O‘z mamlakatingizga qaytganingizda, siz chuqur hamda ko‘proq amaliy tajribaga ega bo‘lasiz, bu esa karyerangizni qurishda va vataningiz rivojiga hissa qo‘shishda sizga ulkan ustunlik beradi.
Talabalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari
Ota-onalar tomonidan tez-tez beriladigan odatiy savollardan biri bu: “Farzandim o‘quv yurtiga yetib borganidan keyin nima bo‘ladi? Agar yordam kerak bo‘lsa, ularni kim qo‘llab-quvvatlaydi?”
Aksar ota-onalar boshqa kompaniyalarning viza berilishi bilanoq talabalarni o‘z holiga tashlab qo‘yilishi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz tajribalarini o‘rtoqlashadilar.
Agar siz o‘zingizning rasmiy vakilingiz sifatida “Duc Anh EduConnect”ni tanlasangiz, xavotir olishingizga hojat yo‘q. Talabalar biz bilan aloqada bo‘lib, ko‘rsatmalarimizga amal qilsalar, biz ularni har bir bosqichda, to‘liq jarayonning yakuniga qadar qo‘llab-quvvatlaymiz.
Jo‘nab ketish oldidan
Biz talabalarning o‘z yurtidan chiqib ketishlaridan oldin har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishlarini ta’minlash uchun to‘liq yo‘l-yo‘riq ko‘rsatamiz. Talabalar va ularning ota-onalari yoki vasiylari quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:
- Ta’lim muassasasi haqida ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganish va imkoniyat bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ushbu muassasada tahsil olgan sobiq xalqaro talabalar bilan bog‘lanish.
- Talaba bilan muntazam aloqada bo‘lish uchun oilaning barqaror internet tarmog‘iga ega ekanligini ta’minlash.
- Uydan turib kontrakt to‘lovlari va yashash xarajatlarini osongina amalga oshirish uchun bank kredit kartasini ochish.
- Barcha muhim hujjatlarning nusxalarini ham kompaniyada, ham uyda saqlash (kurs tafsilotlari, kontrakt to‘lovlari, kredit karta, viza, pasport va h.k.).
- Boradigan mamlakat va o‘z vatanining qonunchilik talablari hamda ta’lim muassasasi qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida majburiyatnomani imzolash.
- Kutib olingandan va ta’lim muassasasiga ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng darhol kompaniyaga va oilasiga elektron pochta orqali xabar berish.
- Ota-onalar farzandining holati haqida ma’lumot talab qilganda (jumladan, akademik natijalar, dars qatnashuvi, ijtimoiy ta’minot va h.k.), Duc Anh kompaniyasiga ta’lim muassasasidan ushbu ma’lumotlarni olish huquqini beruvchi ruxsatnomani taqdim etish.
Ta’lim muassasasiga yetib borgandan keyin
Talaba yetib borganidan so‘ng:
- Agar oila 48 soat ichida talabadan hech qanday xabar olmasa, biz holatni tekshirishda yordam berishimiz uchun darhol “Duc Anh EduConnect”ga ma’lum qilishi kerak.
- O‘qish davomida talabalar har doim o‘z vaqtida yordam olishlari uchun “Duc Anh EduConnect” bilan elektron pochta orqali doimiy aloqada bo‘lishlari shart.
- Ota-onalar talab qilganda va ta’lim muassasasi qoidalari ruxsat bergan hollarda, “Duc Anh EduConnect” har o‘quv semestri yakunida natijalar e’lon qilingach, oilalarga akademik o‘zlashtirish hisobotlarini yuboradi.
- Kasallik, favqulodda vaziyatlar yoki baxtsiz hodisalar yuz berganda, Duc Anh EduConnect vaziyatni hal qilish uchun oila va ta’lim muassasasi bilan birgalikda ish olib boradi. Barcha tegishli xarajatlar talaba va oilaning zimmasida bo‘ladi.
- Ota-onalar farzandlarini ko‘rish va sayohat qilishni xohlaganlarida, ularga mehmon vizasini olishda ko‘maklashamiz.
- Biz to‘liqsiz ish kuni (part-time), uzoq muddatli bandlik va xorijda doimiy yashash (immigratsiya) yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy maslahatlar berib boramiz.
O‘qishni tamomlagandan keyin
Talabalar o‘quv kursini yakunlaganlarida:
- Biz bitiruvchilarga o‘z vatanlarida munosib ish o‘rinlarini topishda ko‘maklashamiz.
- Agar talabalar xorijda o‘qishni davom ettirishni xohlasalar, “Duc Anh EduConnect” yangi ta’lim dasturlariga hujjat topshirishda yordam beradi.
Parvoz oldi va sayohat bo‘yicha qo‘llanma
Ushbu qo‘llanma bir nechta asosiy bo‘limlardan iborat:
-
Parvozdan oldin: olib ketilishi kerak bo‘lgan hujjatlar, kartalar, pullar, o‘quv qurollari, shaxsiy buyumlar, hordiq uchun buyumlar va esdalik sovg‘alari;
-
Parvoz davomida: aeroport tartib-taomillari, ro‘yxatdan o‘tish (check-in), samolyotga chiqish, parvoz davomidagi holat, yetib borish, bojxona va turar joygacha transport;
-
Yetib borish – xorijda yashash va o‘qish: turar joy, o‘qishga ro‘yxatdan o‘tish, atrof-muhit bilan tanishish, o‘qish jarayoni, kundalik hayot, xavfsizlik, talabalar uchun to‘liqsiz ish kuni haqida ma’lumot olish, o‘qishni bitirgandan keyingi bandlik va doimiy yashash imkoniyatlari.
1. Parvozdan oldin
a. Zarur hujjatlar
-
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar: ID-karta, pasport, viza, aviachipta, turar joy ma’lumotlari, mahalliy va agentligingizning aloqa raqamlari, tibbiy sug‘urta kartasi yoki hujjatlari…;
-
Akademik hujjatlar: diplom yoki shahodatnomaning asli, transkriptlar (baholar varaqasi), ingliz tili sertifikatlari, tavsiyanomalar, yutuqlar, faxriy yorliqlar va o‘qishga qabul xatlari (masalan, I-20, CAS yoki ularning ekvivalenti);
-
Tibbiy hujjatlar: emlash (vaksina) varaqasi, qon guruhi ma’lumotnomasi, kasalliklar tarixi daftari…
b. Kartalar
-
Xalqaro talabalik kartasi (ISIC): talabalik imtiyozlaridan foydalanish uchun.
-
Bank kartasi: o‘z mamlakatingizdagi xalqaro operatsiyalarni amalga oshira oladigan istalgan bankdan karta ochishingiz mumkin;
-
Xorijiy bank kartasi: ba’zi xorijiy banklar o‘z mamlakatingizda turib ham hisob raqami ochishga ruxsat beradi. Bu bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni olish uchun biz bilan bog‘laning.
-
Transport kartasi: yangi davlatda yo‘l xarajatlarini osongina to‘lashingiz mumkin. Transport kartalarini sotib olayotganda talaba ID-kartasi va pasportingizni taqdim etsangiz, talabalik chegirmalariga ega bo‘lishingiz mumkin.
-
Tibbiy sug‘urta kartasi: agar sizda allaqachon mavjud bo‘lsa yaxshi. Aks holda, ko‘plab davlatlar viza olish uchun tibbiy sug‘urta sotib olishni talab qiladi; siz yetib borganingizdan keyin karta yoki polis raqamini olasiz. Zarur bo‘lganda foydalanish uchun hisobingizni faollashtirishni unutmang;
-
A’zolik kartalari: siz a’zo bo‘lgan klublar yoki tashkilotlar kartalari, ayniqsa xalqaro imtiyozlarga ega bo‘lgan aviakompaniya yoki xarid kartalari…;
-
SIM-karta: agar xohlasangiz, oldindan sotib olishingiz mumkin. Eng so‘nggi ma’lumotlar uchun koordinatoringiz bilan maslahatlashing.
c. Naqd pul
-
Sizga boshqa davlatga ma’lum miqdorda naqd pul olib kirishga ruxsat beriladi. Sayohat davomida o‘zingiz bilan 2,000 AQSh dollaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda naqd pul olishingiz tavsiya etiladi;
-
Naqd pulingizning bir qismini boradigan davlatning mahalliy valyutasiga almashtirib olish maqsadga muvofiqdir. Agar bunga ulgurmagan bo‘lsangiz, xavotir olmang, barcha aeroportlarda o‘sha vaqtdagi kursga ega bo‘lgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari mavjud.
d. Ofis va o‘quv qurollari (Kanselyariya)
-
Asosiy jihozlar: daftarlar, qog‘ozlar, ruchkalar, o‘chirg‘ichlar, kalkulyatorlar, chizg‘ichlar, sirkul va h.k. Dastlabki kunlar uchun yetarli darajada olsangiz yetarli. Keyinchalik biroz qimmatroq bo‘lsa ham mahalliy o‘quv qurollarini sotib olishni afzal ko‘rishingiz mumkin.
-
Noutbuk: Noutbukni o‘z mamlakatingizda yoki chet elda sotib olishingiz mumkin. Chet elda sotib olish quvvat adapterlari (rozetka mosligi) va kafolat muddati jihatidan qulayroq bo‘lishi mumkin. Agar siz dizayn yoki IT sohasida ishlasangiz va o‘zingiz o‘rgangan shaxsiy qurilmangiz bo‘lsa, uni o‘zingiz bilan olib ketganingiz ma’qul.
e. Shaxsiy buyumlar
-
Kiyim-kechak: ko‘ylaklar, shimlar, yubkalar, kurtkalar, poyabzallar, paypoqlar, sharflar, shlyapalar, ko‘zoynaklar, sumkalar, hamyonlar va boshqalar. Faqat eng zarur kiyimlarni olishingiz yetarli, chunki keyinchalik mahalliy mahsulotlardan ham sotib olishingiz mumkin;
-
Shaxsiy gigiyena vositalari: shampun, dush geli, kosmetika vositalari… Faqat oz miqdorda olish yetarli;
-
Elektronika: telefon, iPad, iPod va hokazolar. Ularni o‘zingiz bilan olib ketishingiz yoki zaryadlovchi qurilmalar va kafolatlar mosligi uchun chet eldan sotib olishingiz mumkin.
f. Sovg‘alar va hordiq buyumlari
-
Mezbon oilalar, do‘stlar yoki o‘qituvchilar uchun sovg‘alar: Agar yukingiz allaqachon to‘la bo‘lsa, bu majburiy emas. Xorijliklar odatda sovg‘alarga juda o‘ch bo‘lishmaydi. Samimiy munosabat belgisi sifatida kichikroq esdalik sovg‘asi ham yetarli;
-
Hordiq buyumlari: fotosuratlar, musiqa, kinolar va boshqa raqamli fayllar - istalgan vaqtda oson foydalanish uchun ularni raqamli formatda (fleshka yoki bulutli xotirada) saqlash tavsiya etiladi.
g. Yuklarni joylashtirish (Bagaj)
-
Yuklaringizni puxta, tartibli, xavfsiz va qulay tarzda joylashtiring; og‘ir buyumlarni asosiy yukxonaga topshiriladigan jomadonga, eng zarur narsalarni esa qo‘l yukiga joylang;
-
Muhim shaxsiy hujjatlar va o‘quv yurti/yetib borish ma’lumotlarini saqlash uchun har doim o‘zingiz bilan birga kichik sumka olib yuring;
-
Eslatma: Turli aviakompaniyalarning topshiriladigan yuk vazni, yuk bagajlari soni, qo‘l yuki cheklovlari va o‘lchamlari bo‘yicha turlicha qoidalari mavjud. Ushbu ma’lumotlarni har doim diqqat bilan tekshiring.
2. Parvoz vaqtida
2.1. Safarga chiqish aeroporti
a. Aeroportga yetib kelish
-
Aeroportga yetib borish uchun xavfsiz va qulay transport vositasidan foydalaning;
-
Xalqaro aviatsiya qoidalariga muvofiq, aeroportga parvozdan kamida ikki soat oldin yetib keling. Agar siz o‘z mamlakatingiz ichidagi boshqa shahar orqali tranzit uchayotgan bo‘lsangiz, bir soat oldin kelish odatda yetarli bo‘ladi;
-
To‘g‘ri aviakompaniyani toping, kerakli yo‘lakga navbatga turing va imtiyozli yoki oddiy navbatda turganingizga ishonch hosil qiling;
-
Agar kechikish xavfi mavjud bo‘lsa, darhol aviakompaniyaning xizmat ko‘rsatish xodimlariga murojaat qiling.
b. Ro‘yxatdan o‘tish
-
Aviachiptangiz, pasportingiz va vizangiz qo‘lingizda tayyor bo‘lsin;
- Aviakompaniya xodimi hujjatlaringizni tekshiradi, joyingizni belgilaydi, topshiriladigan yukingizni rasmiylashtiradi, qo‘l yukingiz vaznini tekshiradi va chiptangizning orqa tomoniga yuk yorliqlarini yopishtiradi;
-
Agar ehtiyos sezsangiz, o‘zingiz xohlagan joyni (oyna yonidan yoki yo‘lakdan) yoki qo‘shimcha yuk miqdorini so‘rashingiz mumkin;
-
Topshiriladigan yukingiz yo‘nalishingizning yakuniy aeroportigacha yuborilishiga ishonch hosil qiling;
-
Yukni olish kvitansiyalarini (baggage claim tags) ehtiyot qilib saqlang. Ular boradigan manzilingizda yukingizni olish uchun kerak bo‘ladi.
c. Bojxona deklaratsiyasi
-
Jo‘nab ketishdan oldin sizdan bojxona deklaratsiyasi shaklini to‘ldirish talab qilinishi mumkin;
-
Agar talab qilinsa, uni taqdim etilgan shaklga muvofiq aniq to‘ldiring (odatda aeroportlarda bepul taqdim etiladi).
d. Xavfsizlik tekshiruvi
-
Aeroport talablariga qarab, buyumlaringiz ro‘yxatdan o‘tishdan oldin yoki keyin tekshirilishi mumkin;
-
Bojxona va xavfsizlik xodimlari buyumlaringiz xavfsiz va qonuniy ekanligini tekshiradilar;
-
Taqiqlangan buyumlarni olib yurmang va boshqa shaxslarning buyumlarini yordam berish maqsadida bo‘lsa ham qabul qilmang, ko‘tarmang.
e. Pasport/Immigratsiya nazorati
-
Immigratsiya xodimlari sizning shaxsingizni va parvoz hujjatlaringizni tekshiradilar hamda mamlakatni tark etish sababini so‘rashlari mumkin;
-
Birinchi marta ketayotgan xalqaro talabalar uchun sabab, tabiiyki, chet elda tahsil olishdir. Quyidagi asosiy ma’lumotlarni taqdim etishga tayyor bo‘ling:
-
Siz borayotgan ta’lim muassasasi nomi;
-
O‘quv dasturi yoki yo‘nalishi;
-
O‘qish davomiyligi;
-
Jarayonni osonlashtirish uchun rasmiy qabul xatingizni ko‘rsatish tavsiya etiladi.
f. Kutish zali (Lounge)
-
Samolyotga chiqish zaliga o‘ting. Samolyotga chiqish taloningizni va boshqa hujjatlaringizni xavfsiz joyda saqlang;
-
Bu vaqtdan hujjatlaringizni qayta tekshirish, hojatxonaga borib-kelish yoki mutolaa qilish uchun foydalanishingiz mumkin;
-
Kutish zalida xushmuomala va madaniyatli bo‘ling.
g. Samolyotga chiqish (Boarding)
-
Samolyotga o‘z vaqtida chiqing. Samolyotga chiqish ma’lumotlari bo‘yicha e’lonlarga yoki monitorlardagi yozuvlarga e’tibor bering va tartib bilan navbatga turing;
-
Sizga ajratilgan joyga o‘tiring va qo‘l yukingizni tepadagi maxsus bo‘limga xavfsiz joylashtiring. Aviakompaniya ekipajining quyidagi ko‘rsatmalariga amal qiling:
-
Shaxsiy buyumlarni xavfsiz saqlash;
-
Mobil qurilmalarni o‘chirish yoki parvoz rejimiga o‘tkazish;
-
Uchish va qo‘nish vaqtidagi xavfsizlik qoidalari;
-
Samolyot jihozlarini joyidan qo‘zg‘atmang yoki olmang. Qutqaruv nimchalari yoki kislorod maskalari kabi buyumlar faqat favqulodda vaziyatlar uchun mo‘ljallangan. Ularni ruxsatsiz olish jarima, uy qamog‘i yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolariga sabab bo‘lishi mumkin;
-
Mutolaa yoki ko‘ngilochar xizmatlar uchun aviakompaniya taqdim etgan jihozlardan foydalanishingiz mumkin, ammo ularni samolyotdan tashqariga olib chiqmang.
h. Parvoz davomida
-
Ruxsat berilmaguncha, o‘zingizga ajratilgan joyda oling;
-
Imkon qadar xavfsizlik kamaringizni taqib oling;
-
Yetib borgach dam olish va uyquni rejalashtirish uchun parvoz davomiyligi hamda boradigan manzilingizning vaqt zonasiga e’tibor bering;
-
Hojatxonaga borayotganda yoki harakatlanayotganda shaxsiy buyumlaringizga, taomlar va samolyot ichidagi jihozlarga ehtiyot bo‘ling;
-
Xavfsizlik uchun ekipajning barcha ko‘rsatmalari va parvoz e’lonlariga rioya qiling.
2.2. Yetib borish aeroporti
a. Tranzit (Boshqa reysga qayta o‘tish)
- Agar siz boshqa reysga qayta o‘tirishingiz kerak bo‘lsa, samolyotdan tushing va “Transit” belgilari hamda aviakompaniya xodimlarining ko‘rsatmalariga amal qiling;
-
Vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlash uchun tranzit vaqtini oldindan tekshiring:
-
Qisqa tranzit (1.5-2 soat): to‘g‘ridan-to‘g‘ri keyingi parvozingiz yo‘lagiga qarab oling;
-
Uzoq tranzit (3 soatdan ortiq): avval keyingi yo‘lagingiz joylashgan joyni aniqlang, so‘ngra samolyotga chiqish vaqtini kuzatib borgan holda boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullaning;
-
Agar biron bir muammoga duch kelsangiz, yordam uchun darhol yaqiningizdagi aviakompaniya xodimiga murojaat qiling.
b. Immigratsiya, yetib kelish formasi
-
Aksariyat mamlakatlar yo‘lovchilardan yetib kelish/immigratsiya formasini to‘ldirishni talab qiladi. Uni samolyot ichida tarqatilishi yoki immigratsiya nazorat punkti oldida berishlari mumkin;
-
Shaklni aniq va to‘liq to‘ldiring; tuzatishlar kiritmang yoki ma’lumotlarni o‘chirmang;
-
O‘zingiz bilan olib ketayotgan barcha oziq-ovqat, o‘simlik yoki hayvonot mahsulotlarini deklaratsiyada ko‘rsating (ayniqsa, Avstraliya yoki Yangi Zelandiya kabi davlatlarda). Ma’lumotlarni deklaratsiya qilmaslik yirik miqdordagi jarimalarga yoki mamlakatdan zudlik bilan deportatsiya qilinishiga olib kelishi mumkin.
c. Immigratsiya burchagi (Pasport nazorati)
-
Yakuniy manzilingizga qo‘nganingizdan so‘ng, immigratsiya jarayonidan o‘tish uchun tegishli nuqataga (masalan, “All other passport holders” – Barcha boshqa pasport egalari yoki “Asian passport holders” – Osiyo pasporti egalari) boring;
-
Immigratsiya xodimlari bilan xushmuomalalik bilan salomlashing va talab qilinadigan hujjatlarni taqdim eting: pasport, yetib kelish/immigratsiya shakli va aviachipta;
-
Xodimlar o‘qishingiz haqida quyidagi savollarni berishlari mumkin:
-
Qaysi yo‘nalishda o‘qishingiz;
-
Qaysi ta’lim muassasasi;
-
Dasturning davomiyligi;
-
Javoblar yoki tasdiqlovchi hujjatlarni, masalan, qabul xatingizni taqdim etishga tayyor turing. Agar qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, xodimlardan bevosita ta’lim muassasangiz bilan bog‘lanishni so‘rashingiz mumkin;
-
Ba’zi davlatlar sizni qo‘shimcha yuk tekshiruvi yoki suhbat uchun ushlab turishi mumkin, masalan, o‘qish ruxsatnomasini rasmiylashtirish yoki muhr bosish uchun (masalan, Kanada) yoki mamlakatga kirishingizga shubha tug‘ilgan taqdirda. Bunday vaziyatlarda xotirjamlikni saqlang, ko‘rsatmalarga amal qiling va kerak bo‘lsa, yordam uchun “Duc Anh EduConnect” kompaniyasiga murojaat qiling;
-
Mahalliy qonunlarga rioya qilganingizga qarab, mamlakatga kirishga ruxsat berilishi yoki rad etilishi mumkin. Rasmiy ko‘rsatmalarga amal qiling va yordam zarur bo‘lsa, “Duc Anh EduConnect” bilan bog‘laning.
d. Topshirilgan yuklar (bagaj)ni qabul olish
-
Parvoz raqamingizga e’tibor bering va kerakli yuk tasmasini topish uchun aeroport monitorlari/belgilarini tekshiring;
-
Faqat o‘zingizning yukingizni oling va yuk kvitansiyasini tekshiring. Boshqa birovning buyumlariga tegmang;
-
Agar yukingiz darhol ko‘rinmasa, u bilan quyidagi holatlardan biri sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin:
-
Bojxona rasmiylashtiruvi kechikishi sababli vaqtliroq chiqarilgan;
-
Boshqa yuk tasmasiga o‘tkazilgan;
-
Kechiktirilgan yoki noto‘g‘ri joyga yuborilgan;
-
“Lost & Found” (Yo‘qolgan va topilgan buyumlar) idorasiga murojaat qiling va ular tomonidan berilgan ko‘rsatmalariga amal qiling;
-
Yuk yo‘qolgan taqdirda, kompensatsiya odatda aviakompaniya siyosatiga muvofiq to‘lanadi, ammo u ko‘pincha juda kam miqdorda bo‘ladi. Qimmatbaho buyumlarni (naqd pul, zargarlik buyumlari, noutbuk, kamera yoki boshqa qimmatbaho jihozlarni) hech qachon topshiriladigan yuk ichiga (bagajga) joylamang.
e. Boshqalarning buyumlarini tashish
-
Agar buyumlarni shaxsan o‘zingiz sotib olmagan yoki joylashtirmagan bo‘lsangiz, boshqalardan yuklarni qabul qilmang;
-
Shaxsiy xavfsizligingiz uchun notanish odamlarning buyumlarini ko‘tarishib yuborish, olib o’tishga yordamlashish haqidagi iltimoslarini, hatto ular keksalar, ojizlar yoki yordamga muhtoj bo‘lib ko‘rinsa ham, aslo qabul qilmang.
f. Turar joygacha taksi yoki kutib olish xizmatidan foydalanish
-
Agar siz uchun kutib olish xizmati tashkil etilgan bo‘lsa, ismingiz yozilgan belgi yoki A4 formatidagi qog‘ozni ushlab turgan mas’ul shaxsni qidiring;
-
Agar birinchi marta mustaqil sayohat qilayotgan bo‘lsangiz, jamoat transporti yoki taksi orqali turar joyingizga borish yo‘nalishlarini so‘rash uchun aeroportdagi ma’lumot bo‘limiga murojaat qiling;
-
Taksiga o‘tirganda:
-
Yukingizga mos keladigan transport vositasini tanlang;
-
GPS tizimiga ega bo‘lgan va hisoblagich (metr) bo‘yicha ishlaydigan taksi tanlash tavsiya etiladi;
-
Kerak bo‘lmaydi deb o‘ylasangiz ham, har doim savdo va xizmat ko‘rsatish chekini talab qiling;
-
Qiz bolalar xavfsizlik uchun taksi belgisi yoki avtomobil raqamini rasmga olib qo‘yishlari tavsiya etiladi;
-
Agar kutib olish xizmati sizni topa olmasa, xizmat ko‘rsatuvchi provayderga yoki “Duc Anh EduConnect”ga xabar bering va ularning ko‘rsatmalariga amal qiling;
-
Taksi yoki kutib olish mashinasidan tushayotganda, barcha buyumlaringiz o‘zingiz bilan ekanligiga ishonch hosil qiling.
3. Telefon
a. Sayohat davomida va dastlabki kunlarda: Doimiy aloqani ta’minlash uchun telefoningizni mahalliy SIM-kartangiz bilan olib kelishingiz va uni rouming rejimida saqlashingiz bo‘ladi. Bu sizga xorijdan turib xuddi uydagidek o‘z mamlakatingizga qo‘ng‘iroq qilish imkonini beradi. Rouming qimmat bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, bu eng xavfsiz yechimdir. Ayniqsa, birinchi marta sayohat qilayotganlar uchun. Ota-onalar yoshingizdan qat’i nazar sizdan xavotir olishga moyil bo‘ladilar, shuning uchun tranzit aeroportidan yoki yetib kelgach ularga qo‘ng‘iroq qila olishingiz ularni butunlay xotirjam qiladi. Xarajatlarni kamaytirish uchun o‘z mamlakatingizdan rouming paketini oldindan sotib olishingiz ham mumkin.
b. Chet elda bo‘lganingizda: Joylashib olganingizdan so‘ng, mahalliy SIM-kartani sotib olsangiz bo‘ladi.
4. Yangi turar joy
Sizning turar joyingiz yotoqxona, mezbon oila, do‘stlar bilan birgalikda ijaraga olingan uy yoki qarindoshlarning uyi bo‘lishi mumkin;
Qayerda turishingizdan qat’i nazar, iltimos, quyidagilarni yodda tuting:
-
Ijobiy taassurot qoldirish uchun uy egasi bilan xushmuomalalik bilan salomlashing;
-
Qulaylik uchun buyumlaringizni tartibli saqlang;
-
Uy qoidalarini tushunish va o‘zaro kelishib olish uchun vaqt ajrating, jumladan: taomlanish, elektr energiyasi, suv, gaz, telefon, internet, dush qabul qilish, kir yuvish, ovqat pishirish, oziq-ovqat xaridlari, uyg‘onish va uxlash vaqtlari, mehmonlarni qabul qilish, uydan uzoqlashganingizda/kechikkaningizda/muammolarga duch kelganingizda uy egasini xabardor qilish va boshqa kichik qoidalar;
-
Zarurat tug‘ilganda yoki ta’lim muassasasigga muammo haqida xabar berish yoki shikoyat qilish kerak bo‘lganda o‘z fikringizni xushmuomalalik va nafosat bilan bildiring. Nozik masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishdan oldin Xalqaro talabalar bo‘limi (International Student Office) bilan maslahatlashing;
-
Boshqa birovning uyida yashayotganda moslashuvchan bo‘lishingiz kutiladi. Shuni yodda tutingki, ko‘plab xorijliklar juda tejamkor yashaydilar va bir qarashda noqulay tuyulishi mumkin bo‘lgan qat’iy, batafsil talablarga ega bo‘ladilar: xonadan chiqayotganda chiroqlarni o‘chirish, internetdan foydalanish soatlari cheklangani, dushda uzog‘i bilan 10-20 daqiqa bo‘lish, suvdan ehtiyotkorona foydalanish, ovqatni isrof qilmaslik, haftasiga faqat 1–2 marta kir yuvish, haftasiga bir marta oziq-ovqat xarid qilish, taomlarning faqat zarur miqdorda (ortiqcha emas) tortilishi, budjetni diqqat bilan rejalashtirish, shaxsiy daxlsizlikni hurmat qilish va birovlarni kamsituvchi xatti-harakatlardan qochish;
-
Yangi turar joyingiz o‘quv yurtidan uzoqda joylashgan bo‘lishi mumkin. Qatnov ko‘pincha 30-60 daqiqa vaqt oladi. Sharoitlar uydagidek qulay bo‘lmasligi mumkin. Sizga avtobus, poyezdda qatnash yoki piyoda yurish, o‘zingiz bilan tushlik olib yurish va yo‘l-yo‘lakay tanovul qilinadigan taomlar har doim ham sizning didingizga mos kelmasligini qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Moslashishlarga o‘rganing;
-
18 yoshga to‘lmagan talabalar voyaga yetmaganlar uchun belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishlari shart. Ular turar joy, transport, o‘qish, sog‘liqni saqlash va boshqa masalalarda o‘quv yurti, belgilangan tashkilot yoki mezbon oila nazorati ostida bo‘ladilar. Ushbu qoidalar talabaning huquqlari va xavfsizligini himoya qilish uchun mavjuddir.
5. Ro‘yxatdan o‘tish kuni. Birinchi dars kuni
Barcha o‘quv yurtlarida Tanishtiruv haftaligi (Orientation Week) va Ro‘yxatdan o‘tish kuni (Enrolment Day) mavjud. Talabalar o‘qishni imkon qadar muammosiz boshlashlarini ta’minlash uchun ushbu tadbirlarda to‘liq ishtirok etishlari tavsiya qilinadi.
a. Tanishtiruv haftaligi – Ro‘yxatdan o‘tish kuni
Tanishtiruv davomida xalqaro talabalar:
-
O‘quv yurti va birlamchi qadamlar bilan umumiy tanishadilar: o‘quv jarayoni, transport, kutubxona, xavfsizlik va talabalarni qo‘llab-quvvatlash;
-
Maktabning asosiy qoidalari va siyosati bilan tanishadilar;
-
Kampus va akademik bo‘limlarni aylanib chiqadilar;
-
Muhim hujjatlar va xizmatlarni rasmiylashtiradilar: talaba ID-kartasi, bank hisob raqami, kutubxona kartasi, tibbiy sug‘urta, avtobus va poyezd yo‘l chiptalari;
-
Talabalar jamiyatlari va klublariga a’zo bo‘lishadi;
-
Kurslarni tanlash, dars jadvallarini olish, akademik talablarga oid ko‘rsatmalarni olish uchun akademik maslahatchi bilan uchrashadilar (Ba’zi maktablar tanishtiruvdan oldin ham kurslarga ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beradi).
b. Har bir fanning birinchi darsi – o‘ta muhim
Har bir kursning birinchi mashg‘ulotida talabalar:
-
Ma’ruzachi (o‘qituvchi) va kursdoshlar bilan tanishadilar;
-
Talabalar quyidagi muhim ma’lumotlarni oladilar:
Kurs jadvali va baholash muddatlari. Imtihon turlari va baholash siyosati. Topshiriqlarni topshirish muddatlari (deadlines). Mutolaa ro‘yxatlari va kerakli o‘quv materiallari. Tyutorlar va mentorlar haqida ma’lumotlar. Guruh loyihalarini tashkil etish masalalari. Kutubxonadan kitob olish tartiblari. Muayyan topshiriqlar talablari va ma’ruzachining talabalardan kutayotgan natijalari…
6. Akademik jarayonga oid muhim eslatmalar
-
Topshiriqlarni o‘z vaqtida topshiring. Kechikib topshirilgan ishlar uchun nol baho berilishi mumkin;
-
Shpargalka yoki ko‘chirmakashlikga yo‘l qo‘ymang. Qoidabuzarliklar o‘qishdan chetlashtirishga yoki haydashga olib kelishi mumkin;
-
Topshiriqlaringizni bajarish uchun birovni yollamang. Bu o‘qishdan haydalish, jarima yoki huquqiy choralarga ko‘rilishiga sabab bo‘ladi;
-
Plagiatdan (ko‘chirmachilikdan) qochish uchun iqtiboslardan to‘g‘ri foydalaning, aks holda bu ham o‘qishdan chetlashtirish yoki haydalish bilan yakunlanishi mumkin;
-
Viza bekor qilinishining oldini olish uchun darslarning kamida 80 foizida qatnashing;
-
Ruxsatsiz dars qoldirgan deb hisoblanmaslik uchun darsga kela olmaganlik sababini tasdiqlovchi hujjatlarni (masalan, tibbiy ma’lumotnoma) taqdim eting;
-
Agar o‘zingizni yomon his qilsangiz yoki kutilmagan shaxsiy muammolarga (kasallik, baxtsiz hodisa, oilaviy favqulodda vaziyatlar, ruhiy tushkunlik) duch kelsangiz, imtihonni qoldirishni yoki boshqa sanaga ko‘chirishni so‘rang;
-
Haddan tashqari ko‘p o‘qimang, chunki bu akademik o‘zlashtirishingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
-
O‘z vaqtida yordam olish uchun aloqa ma’lumotlaringizni (manzil/telefon/email) Immigratsiya xizmati, Xalqaro talabalar bo‘limi, ota-onangiz va “Duc Anh” kompaniyasida yangilab turing;
-
Agar biror fandan yiqilsangiz, yordam olish uchun (masalan, qayta tekshirish, qayta topshirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq) “Duc Anh”ga xabar bering;
-
Agar mutaxassisligingizni yoki o‘quv yurtingizni o‘zgartirsangiz, to‘g‘ri yordam olish uchun “Duc Anh”ni xabardor qiling;
-
Har qanday akademik muammo bo‘yicha, tekshirish va imkon qadar ko‘maklashish uchun “Duc Anh” bilan bog‘laning.
7. O‘z-o‘zini boshqarish
Xalqaro talabalar shaxsiy va akademik jarayonlarning barcha jabhalarini mustaqil boshqarishni o‘rganishlari kerak. Agar o‘zingizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, qo‘shimcha yo‘l-yo‘riqlar olish uchun “Duc Anh” kompaniyasining “LEARNING HOW TO LEARN” (O‘rganishni o‘rganish) kursida tahsil oling.
O‘z-o‘zini boshqarishni talab qiladigan sohalarga quyidagilar kiradi:
-
Akademik jarayonlar;
-
Vaqtni boshqarish;
-
Munosabatlar (do‘stlar, oila, o‘qituvchilar, hamkasblar va boshqalar);
-
Moliya;
-
To‘liqsiz ish kunidagi mehnat (part-time job);
-
Ko‘ngilochar va ijtimoiy faoliyatlar;
-
Transport;
-
Shaxsiy masalalar…
8. Integratsiya (moslashish va ijtimoiy hayotga kirishish)
Uydan uzoqda bo‘lgan yoki birinchi marta chet elda tahsil olayotgan talabalar uchun o‘qish, shubhasiz, eng birinchi darajali vazifadir; biroq yangi yashash muhitiga ko‘nikish va moslashish ham xuddi shunday muhim ahamiyatga ega. Ushbu o‘tish davri sizning ham akademik, ham ijtimoiy sohadagi uzoq muddatli muvaffaqiyatingizda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Siz quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi:
a. Atrof-muhit bilan yaqindan tanishish:
-
Atrofingizdagi odamlar;
-
Mahalliy qonunlar va qoidalar;
-
Transport tizimi;
-
Bank xizmatlari;
-
Ta’lim muhiti va akademik talablar;
-
Kutubxona xizmatlari;
-
Mahalliy madaniyat;
-
Til;
-
Taomlar va ovqatlanish tizimi;
-
Ko‘ngilochar va hordiq maskanlari;
-
Xavfsizlik va himoya;
-
Tibbiy xizmat (sog‘liqni saqlash);
-
Tuyg‘ularingiz va duch kelayotgan har qanday qiyinchiliklaringiz bilan o‘rtoqlashish;
-
Boshqalarning shaxsiy daxlsizligini hurmat qilish;
-
Irqchilikka qarshi kurash va inklyuzivlik (barchaga teng munosabatda bo‘lish)
b. O‘zingizni moslashtirish (Moslashuvchanlik)
-
Mavjud imkoniyatlaringizni (bilim, til ko‘nikmalari, madaniy tushuncha, jismoniy tayyorgarlik va h.k.) atrofingizdagi reallik bilan solishtiring hamda shunga muvofiq harakat qilish va munosabat bildirish yo‘llarini belgilang;
-
Qiyinchiliklarni murakkablashtirmang – o‘zingizga moslashish, dam olish, kuzatish, tinglash va atrof-muhitni asta-sekin o‘rganish uchun vaqt bering. Madaniy tafovutlar va yangi bilimlarga ko‘nikkaningiz sayin, hamma narsa siz o‘ylagandek qo‘rqinchli emasligini tushunib yetasiz;
-
Kutilmagan xavf-xatarlarning oldini olish uchun zarur bo‘lganda qo‘llab-quvvatlash xizmatlariga (akademik, tibbiy, psixologik, shaxslararo munosabatlar va boshqalar) murojaat qiling.
9. Xavfsizlik
a. Asosiy xavfsizlik qoidalari
-
Turar joy: ko‘chaga chiqqaningizda har doim xonangizni qulflang va buyumlaringiz xavfsizligini ta’minlang;
-
Aloqa: mobil telefoningizni har doim o‘zingiz bilan olib yuring; favqulodda vaziyatlar uchun aloqa raqamlarini telefoningizga saqlab qo‘ying yoki uyda qog‘ozga yozilgan holatda saqlang;
-
Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish: telefon, noutbuk, bank ma’lumotlari, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarlar shular jumlasidandir;
-
Ko‘chada harakatlanish: asosan kunduzi va odamlar gavjum joylarda yuring; kechasi soat 21:00 dan keyin ko‘chaga chiqishdan tiyiling;
-
Pul: o‘zingiz bilan faqat kichik miqdorda naqd pul olib yuring (100–500 AQSh dollari); imkon qadar kredit/debet kartalaridan foydalaning;
-
Notanish shaxslar: ular bilan ortiqcha muloqotdan qoching; notanishlar, yangi tanishlar yoki alkogol ta’sirida bo‘lgan shaxslar bilan birga biror joyga bormang;
-
Yolg‘iz sayohat qilganda: rejalaringizni o‘zingiz ishonadigan biror kishi bilan o‘rtoqlashing: qayerga ketayotganingiz, qachon yo‘lga chiqishingiz, qachon qaytishni rejalashtirayotganingiz va boshqa muhim qaydlarlarni ularga eslating;
-
Shubhali shaxslar, buyumlar yoki harakatlar haqida xavfsizlik xizmati xodimlariga, politsiyaga yoki yaqin atrofdagi biror kishiga xabar bering;
-
Har qanday vaziyatda shaxsiy xavfsizligingizni hamma narsadan ustun qo‘ying;
b. Uzoq masofaga sayohat qilganda
-
Aniq marshrutni bilib oling va ehtiyot chorasi sifatida u haqida oila a’zolaringizni ham ogohlantiring;
-
Atrofingizdagi vaziyatdan ogoh bo‘ling; aylanma va xoli qisqa yo‘llardan yurmang;
-
Kun qorong‘i bo‘lganda, o‘zingiz taniydigan kishi bilan birga sayohat qiling yoki jamoat transportidan foydalaning;
-
Markaziy yo‘llarga yaqin va yaxshi yoritilgan yo‘laklardan yuring;
-
Favqulodda vaziyatlar telefon raqamlarini esda saqlang; butun safar davomida yetarli pulingiz va telefoningiz quvvati borligiga ishonch hosil qiling;
-
Hamyoningizni har doim xavfsiz joyda saqlang;
-
Yolg‘iz yurganda quloqchinlardan (naushnik) foydalanmaslikka harakat qiling;
c. Agar kimdir sizni ta’qob qilayotganini sezsangiz
-
Yo‘nalishingizni o‘zgartiring, odamlar gavjum joylarga qarab yuring va yaqin atrofdagi odamlardan yordam so‘rang;
-
Ularni payqaganingizni bildirish uchun vaqti-vaqti bilan ortingizga qarab qo‘ying;
-
Xabar berish (shikoyat qilish) uchun ularning tashqi ko‘rinish belgilari va o‘ziga xosliklarini eslab qoling;
-
Zarur bo‘lsa, xavfsizlik xizmati yoki politsiyaga xabar bering;
d. Avtomobilda bo‘lganda
-
Mashina ichida yoki tashqarisida bo‘lishingizdan qat’i nazar, avtomobil eshiklarini har doim qulflang;
-
Mashinaga o‘tirishdan oldin uning atrofini, jumladan, pol qismi va orqa o‘rindiqlarni tekshiring;
-
Mashinani yaxshi yoritilgan joylarga qo‘ying (parkovka qiling);
-
Qimmatbaho buyumlarni ko‘rinadigan joylarda qoldirmang; ularni yukxonaga (bagajnikka) joylang;
-
Tunda yolg‘iz mashina boshqarishdan qochishga harakat qiling;
-
Yo‘lovchi mashinalarni qo‘l ko‘tarib to‘xtatmang;
-
Agar mashinangiz buzilib qolsa va kimdir yordam berish uchun to‘xtasa, ularning mashinasiga o‘tirish o‘rniga, siz uchun evakuator yoki yordam chaqirib berishlarini so‘rang;
e. Shaxsiy mulk xavfsizligi
-
Xonadan qisqa vaqtga chiqsangiz ham, eshikni har doim qulflang;
-
Qurilmalaringizning model raqamlari va seriya raqamlarini saqlab qo‘ying;
-
Buyumlaringizga o‘zingizga xos bo‘lgan biror belgi qo‘ying;
-
Foydalanmayotgan paytingizda noutbuk va boshqa qimmatbaho buyumlarni xonangizda saqlang va eshikni qulflang;
-
Imkon qadar kitoblar, kompyuterlar va boshqa buyumlarga ismingizni yozib qo‘ying;
-
Auditoriyalar, kutubxonalar yoki ovqatlanish joylarida hamyoningiz yoki sumkangizni qarovsiz qoldirmang;
-
Muhim hujjatlar, kredit kartalar, naqd pul yoki haydovchilik guvohnomasini avtomobilingizda qoldirmang;
-
Agar velosipeddan foydalansangiz, uni har doim to‘g‘ri joyga qo‘ying va qulflashni unutmang;
f. Bankomatlardan (ATM) foydalanish
-
Tunda bankomatlardan yolg‘iz foydalanishdan qoching;
-
Bankomat oldida pullaringizni sanamang;
-
Tranzaksiya cheklarini (kvitansiyalarni) bankomat yonida qoldirmang;
-
Agar atrof-muhit shubhali tuyulsa, bankomatdan foydalanmang;
10. Xatolarga yo‘l qo‘ymaslik
Xorijiy davlatlar qat’iy qonun ustuvorligi asosida ishlaydi. Agar siz qoidalarga rioya qilsangiz, to‘liq xavfsizlikda bo‘lasiz. Biroq, quyidagi ko‘p uchraydigan tushunmovchiliklardan ogoh bo‘ling:
-
Noto‘g‘ri hojatxonaga kirish: bu tegajog‘lik yoki shunga o‘xshash jiddiy ayblovlarga sabab bo‘lishi mumkin;
-
Noo‘rin fikrlar yoki hazillar: haqorat, tazyiq yoki kamsitish (diskriminatsiya) sifatida baholanishi mumkin;
-
Xaridlar amalga oshirilganda har doim kvitansiyani (chekni) so‘rang va uni saqlab qo‘ying;
-
Tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa madaniy farqlardan ogoh bo‘ling;
Agar siz barcha ko‘rsatmalarga amal qilgan bo‘lsangiz-da, baribir qiyinchiliklarga duch kelsangiz yoki tasodifan xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsangiz…
UUMUMAN IKKILANMAY:
-
Mas’ul shaxsga, o‘qituvchingizga yoki o‘zingiz ishonadigan biror kishiga xabar bering;
-
Zudlik bilan “Duc Anh EduConnect” kompaniyasining favqulodda ALOQA TARMOG‘I bilan bog‘laning: +84 9887 09698 | +84 9630 49860 | +855 12 205 775
BIZ SIZGA YORDAM BERISH UCHUN HAMISHA SHAYMIZ!
SIZGA OMAD HAMISHA YOR BO‘LSIN!